Boburiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 1:
'''Boburiylar davlati''' — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517 y.dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524 y.lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. 1525 y. Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shim. Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, 1525 y. kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. 1526 y.ning apr.aprel oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (q. Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dexlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (mas, Mahmud Gʻaznaviy, Amir Temur va b.) Hindistonni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U 1527 y.ning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shim. Hindistonni boʻysundirdi. Bobur 1530 y. dek. oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunta, Panjobni Komron Mirzota, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida 1534 y. Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon bilan Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh Tahmasp huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shim. Hindiston 1555 y.gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. 1555 y. Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koʻchmanchi oʻzbek qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Skandarshoh Surni yengib, Dexlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. 1556 y. taxtga uning hali balogʻatga yetmagan ugli Akbar oʻtqazildi. Akbar (1542—1605) B. d. hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Skandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik B.d.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar B. d. tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar 16-a.ning 60—70-y.larida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, B. d.ni kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir 1614 y. Mevarni, 1615 y. Assomni va 1621 y. Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. 1624 y.dan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Hyp Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. 1622 y. Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan (1627) keyingina Shoh Jahon nomi bilan taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va b.)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—36 y.larda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, 1638 y.da Qandahorni egalladi. B.d.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida B. d. taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi.
 
Avrangzeb hukmronligining oxirgi yillarida Dekanda marathalar, shim. da afgʻon qabilalari, Panjobda sikhlar, Mevar va Marvarda rajputlar qoʻzgʻolonlari tufayli B. d. ogʻir ahvolga tushib qoldi. Avrangzeb vafotidan soʻng ichki kurashlar kuchaydi. Undan tashqari, yevropaliklar (Portugaliya, Daniya, Gollandiya va Angliya)ning bosqinchilik siyosati boshlandi. Natijada mamlakat maydamayda davlatlarga boʻlinib ketdi. B. d. 1858 y. ingliz mustamlakachilari tomonidan butunlay tugatildi.