Ruminiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
Qator 65:
 
 
== MeʼmorligiMeʼmorchiligi ==
R. hududida frakiylar, skiflar, keltlarning madaniyat yodgorliklari, Qora dengiz boʻylaridagi antik shaharlar (Kallatiya, hoz. Mangaliya; Istriya; Tomi, hoz. Konstansa) qoldiklari, Transilvaniya togʻlarida daklar qalʼalarining harobalari saqlangan. Transilvaniya oʻrta asrlar madaniyati Markaziy Yevropa mamlakatlari, Valaxiya madaniyati esa VizantiyaSerbiya meʼmorligi bilan birga, moldovan meʼmorligi oʻziga xos tarzda rivojlangan. 14—17a.larda tosh va gʻishtdan uylar, mahobatli minora va darvozali istehkomlar qurilgan. Xalq turar joylari ochiq galereyalar b-n, oʻymakorlik, naqshinkorlik va koshinkorlik usulida qurildi. 16—18-a.larda barpo etilgan mahobatli inshootlar (KurtyadeArjashdagi yepiskop cherkovi, 1512—17; Buharestdagi Stavropolis cherkovi, 1724—30; Buharest yaqinidagi Mogoshoaya saroyi, 1700—02 va b.) ham shunday usullarda bezatildi, hashamdorlikka intilish kuchaydi, 18a. oxiri meʼmorligida klassitsizm urf boʻldi. 19-a. 2-yarmida sanoat va shaharlar rivojlanishi bilan qorishiq meʼmorlik ruhida jamoat binolari (Buharestdagi Ateneum, Adliya saroyi va b.) va xalq meʼmorligi anʼanalari asosida binolar (Buharestdagi Bufetul) qurish avj oldi. 20-a. 30-y.larida neoklassitsizm belgilari ustunlik qilgan boʻlsa (Buharestdagi Respublika saroyi), asrning 2-yarmida industrial usullar joriy etildi, yangi shaharlar barpo qilindi.
 
Qator 72:
dan boshlab Transilvaniya sanʼati Markaziy Yevropa sanʼati bilan hamohang rivojlangan (14—15-a. devoriy rasmlari, dastgoh rangtasviri, 17-a. qabr haykaltaroshligi). 18-a. devoriy rassomligi va haykaltaroshlikda barokko uslubi seziladi. 14— 18-a.lar amaliy bezak sanʼatida metallga badiiy ishlov berish urf boʻldi. Valaxiya va Moldovaning oʻrta asrlar sanʼati Vizantiya, Serbiya, Bolgariya taʼsirida boʻldi. 16-a. cherkovlari devoriy rasmlar b-n, 17—18-a.larda esa oʻymakorlik bilan bezatildi. 14— 15-a.
 
larda miniatyura (usta Gavril Urik) va rangtasvir (Kurtyade Arjeshda avliyo Nikolay cherkovidagi rasmlar) paydo boʻddi. 16-a. rangtasvirida dunyoviy rux yuzagakeddi. 17—18-a.lardagi Valaxiya rangtasvirida folklor ruxi (FilipeshtidePedurdagi cherkov rasmlari, 1692 , rassom P. Mutu) ustunlik qiladi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida dunyoviy sanʼat yuksaldi. 20-a. boshlaridagi rassomlar ijodida fovizm, kubizm va ekspressionizm anʼanalari xalqchil milliy ideallar bilan qoʻshiddi (Sh. Lukyan, T. Pakladi, K. Ressu va b.). Siyosiy grafika yuqori darajaga koʻtarildi (N. Tonitsa, A. Jikidi va b.). 20-a. 2-yarmida amaliy bezak sanʼatining har xil turlari — kulolchilik, badiiy oynachilik, kashtachilik rivoj topdi. Bu sohada yangi shakllarni izlashga, qad. anʼanalardan, noyob ifoda vositalaridan foydalanishga qiziqish kuchaydi.
 
== Musiqasi ==
Marosim, mehnat (choʻpon), muhabbat qoʻshikdari, allalar, ballada va doynalar, laparlar oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Xalq cholgʻu asboblari: skripka, kobza, simbala, fluyer, fleyta (nay) va b. Leutar deb atalgan mohir musiqachilar folklorni ommalashtirishda katta ish qiddilar. R. davlati yuzaga kelishi bilan (1862) professional rumin musiqasi rivoj topdi. A. Flextenmaxer, E. Kaudella, Ch. Porumbesku, J. Shtefenesku, K. Dimitresku, G. Dima, G. Muzichesku dastlabki milliy sahna, xor qoʻshiklarini ijod qiddilar. 20-a. 1-yarmida bu maktab gʻoyat ravnaq topdi. Kompozitorlik maktabi asoschisi J. Enesku, shuningdek, M. Jora, S. Dragoy, M. Andriku, P. Konstantinesku kabi isteʼdodli kompozitorlar yetishib chikdi. 1920 y. rumin kompozitorlar jamiyati tuzildi, musiqashunoslik rivojlandi. 20-a. 2-yarmida oratoriya, kantata, operetta, ommaviy qoʻshiq, estrada, teatr va kino musiqasi kabi janrlar yuzaga keldi. R.da 10 ta musiqa teatri, 20 ta simfonik orkestr, xalq musiqa ansambllari, xor jamoalari, 2 ta konservatoriya bor. M. Basarab, K. Silvestri, M. Bredichanu kabi dirijyorlar, 3. Palli, N. Xerlya, A. Floresku, T. L ukachu kabi xonandalar, Sh. Georgiu, Y. Voyku, Sh. Ruxa kabi sozandalar mashhur.