Chuvashiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 7:
Aholisi, asosan, chuvashlar (67,8%); rus, tatar, mordva va b. ham yashaydi. Shahar aholisi 60,6%. Davlat tillari — chuvash va rus tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar. Yirik shaharlari: Cheboksari, Novocheboksarsk, Kanash.
 
Tarixi. Ch. hududida neolit davri oxirida finugor qabilalari yashagan. 10-a.da Oʻrta Volga boʻyida dastlabki davlat — VolgaKama Bulgʻoriyasi tashkil topdi. Bu davlat 1243 i. Oltin Oʻrda tarkibiga qoʻshib olindi. Ch.ning shim. qismiga kelib oʻrnashgan bulgʻorlar bilan finugor aholisining aralashuvi natijasida 15-a.ga kelib chuvash xalqi shakllandi. 15-a. boshida Oltin Oʻrda parchalanib ketdi, chuvashlar boshqa xalklar bilan birga 15-a. 1yarmida vujudga kelgan Kozon xonligi tarkibida boʻldi. 1551 y. chuvashlar Rossiya tarkibiga kirdilar. 1920 y. iyunda RSFSR tarkibida Ch. muxtor viloyati tashkil etildi. 1925 y. 21 apr.daaprelda Chuvashiya ASSRga aylantirildi. 1990 y. sent. da respublika davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi va hoz. nomini oldi.
 
Xoʻjaligi. Yalpi mahsulot tarkibida sanoat ulushi 31,5%, q.x. 18,5%, qurilish 7%, transport 1,7%, savdo 10,9%ni tashkil etadi. Asosiy sanoat tarmoklari: mashinasozlik va metallsozlik (elektronika jihozlari, toʻquv stanoklari, elektr yuklagichlar, traktor va b. ishlab chiqarish), kimyo (zaharli ximikatlar, lok, buyok, i.ch.), yengil (jumladan, toʻqimachilik), neft kimyosi, oʻrmon, kora metallurgiya, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, oziq-ovqat sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shumerlya sh.da maxsus avtomobillar zdi, Cheboksarida priborsozlik, elektroapparat, elektr priborlari, elektronika va mexanika, kabel zdlari, mikropayvand uchun maxsus asbob, videokasseta ishlab chiqariladigan zd, toʻqimachilik mashinalari, sanoat traktorlari va ularga ehtiyot qismlar ishlab chiqariladigan zdlar, ipgazlama, trikotaj ktlari, Mariinskiy Posad sh.da kabel zdi, Kanash sh.da elektr yuklagichlar zdi, Shumerlya, Kozlovka sh.larida avtofurgon ktlari bor. Yiliga oʻrtacha 7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Cheboksari GES ishlaydi. Asosiy sanoat markazlari: Cheboksari, Novocheboksarsk, Kanash, Alatir, Shumerlya.