Geofizika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 13:
60-y.lardan boshlab G.ning seysmologik, paleomagnetizm va b. usullari qoʻllanib, Oʻzbekistonni seysmik xavflilik jihatidan r-nlashtirish, Yer poʻsti qatlamlarini geologik yoshini aniqlash ishlari olib borildi. Natijada geologik, tektonik va b. maʼlumotlarni ham tahlil qilib, Oʻzbekistonning seysmik r-nlashtirilgan haritalari (1966, 1978) tuzildi. Mazkur haritalardan qurilish ishlarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan meʼyoriy hujjat sifatida foydalanib kelinmoqda.
 
1966 y. 26 apr.daaprelda yuz bergan Toshkent zilzilasidan soʻng G.ning ayrim usullari Oʻzbekistonda keng miqyosda qoʻllanila boshladi. Jumladan, Toshkent, Fargʻona, Qizilqum geodinamik poligonlari tashkil qilinib, bu joylarda seysmologik, magnitometrik, elektrometrik, gravimetrik usullar bilan zilzilalarni oldindan bilish (prognoz qilish) muammosi boʻyicha izlanishlar olib borildi. Yer poʻstidan tarqaladigan elektromagnit impuls lar va atmosferadagi ionosfera tok qatlamlarining holatini oʻrganish kabi usullar ham oldindan bilish muammosini yechish yoʻlida qoʻllanila boshladi. Ushbu soʻnggi ikki usul zilzilalarni oldindan bilish maqsadida dastlab Oʻzbekistonda qoʻllanildi. G.da bu yoʻnalishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan yangi natijalar olindi. Jumladan, Yer magnit maydonida kuzatilgan oʻzgarishlar orqali 1978 y. 2 noyabrdagi Olay, 1982 y. 6 maydagi Chimyon, elektromagnit impuls larining oʻzgarishi boʻyicha esa 1976 y. 17 maydagi Gazli, seysmik usul yordamida 1984 y. 18 fev.dagi Pop zilzilalarining vaqti, joyi va kuchi bashorat qilindi. Bu natijalar shu sohada dunyo miqyosida birinchi marotaba olingan ilmiy-amaliy yutuqlar boʻldi (F. O. Mavlonov, V. I. Ulomov, Q. N. Abdullabekov, S. S. Husamiddinov, S. X. Maksudov va b.). G.ning seysmologik, elektrometrik, geologik, gidrogeologik usullarning majmui asosida 1966— 98 y.larda Toshkent, Andijon, Fargʻona, Namangan, Samarkand kabi 20 dan ortiq shahar, yirik sanoat qurilish obʼyektlari uchun mikrorayonlashtirish haritalari yaratildi va xalq xoʻjaligiga qoʻllash uchun joriy etildi.
 
1970 y.dan boshlab Yer poʻsti va yuqori mantiyasini urganishda chuqur seysmik zonalash, seysmologiya, gravimetrik razvedka, elektr razvedka, magnit razvedka usullaridan foydalanildi (Ye. M. Butovskaya, F. X. Zunnunov, V. A. Pak, T. Ye. Ergashev va b.). Zilzilalar, portlash vujudga keltiradigan toʻlqinlarni yalpi qayd qilish usuli bilan Pomir — Himolay xalqaro loyihasi buyicha Italiya, Hindiston, Pokiston olimlari bilan hamkorlikda i.t. ishlari olib borildi (I. H. Hamroboyev, Ye. M. Butovskaya, T. L. Bobojonov).