Gvineya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boʻlimlarni vikifikatsiyalash
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 10:
 
== Tabiati ==
G. hududi subekvatorial mintaqada. Qirgʻoqlari parchalangan. Relyefi, asosan, oʻrtacha baland (800—1000 m) va past togʻlar, yassi platolardan (300—400 m) iborat. Eng baland joyi — Nimba togʻi, 1752 m. Okean sohili tor pasttekislik. Foydali qazilmalardan boksit, temir, olmos, oltin va b. bor. Iklimi ekvatorial-musson, issiq, yozi sernam. Eng issiq oyning (mart yoki apr.aprel) oʻrtacha t-rasi 27—30°, eng baland joylarida 23° gacha, eng salqin oyniki (avg .) 24—26°, balandliklarda 18° gacha. Oʻrtacha yillik yogʻin 1200—4000 mm. Yomgʻirli mavsum mamlakat shim.da 5 oy, jan.da 7—10 oy. Daryolari koʻp va sersuv. Asosiy daryolari: Gambiya, Bafing , Niger va Konkure. G. hududi qizil, qizil-sariq tuproqli. Eng koʻp oʻsimligi — savanna. Sohilda mangra oʻrmonlari bor. G. da tartibsiz ovlash natijasida fil, gippopotam, kiyik, yovvoyi choʻchqa, qoplon, gepard kabi hayvonlar kam qolgan. Maymun, ilon, har xil qush, baliq, hasharotlar (jumladan, sese pashsha) juda koʻp.
 
 
Qator 22:
19-a.da fransuzlar G.ni tobe etish uchun keskin kurash olib bordi. Fransiya bu kurashda gʻalaba qozondi va 1880—90-y.
 
larda uni bosib oldi. 1895 y. Fransiya Gvineyasi nomi b-n alohida mustamlakaga aylantirildi. G. xalqi mustamlakachilarga qarshi uzoq vaqt kurashib keldi. 19-a.ning 70—90-y.larida malinke xalqining kurashini, Futa-Jallondagi qoʻzgʻolonlarni (1900) fransuzlar qiyinchilik b-n bostirdi. 1904 y.da G. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Hukumatni fransuz gubernatori boshqardi. 1-jahon urushidan soʻng G.da yevropaliklarning banan, ananas, kofe plantatsiyalari paydo boʻla boshladi. Keyinchalik sanoat korxonalari (asosan konchilik sanoati) vujudga keldi. 2-jahon urushidan soʻng G.da milliy ozodlik harakati avj olib ketdi. 1945—46 y.larda mamlakatda siyosiy partiyalar, toʻgaraklar tuzildi. Afrika Demokratax Birlashmasining seksiyasi sifatida 1947 y.da tashkil topgan G. Demokratik partiyasi mustamlakachilikka qarshi boʻlgan barcha kuchlarni birlashtirish vazifasini oʻz zimmasiga oldi. 1958 y. 2 okt. referendumiga muvofiq G. mustaqil respublika deb eʼlon qilindi. 1978 y.dan 1984 y.gacha G. Xalq Revolyutsion Respublikasi deb ataldi. 1984 y. apr.aprel
 
da G. Respublikasi nomini oldi. G. 1958 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1993 y. 24 iyunda oʻrnatgan. Milliy bayrami —2 okt.— Mustaqillik kuni (1958).