Indoneziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 23:
20-a. boshida milliy ozodlik harakati bir muncha kengaydi. 1908 y. Yavada "Budi utomo" ("Oliy maqsad") nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923 y. temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926 y. indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927 y. Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. I. mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931 y. dan Milliy partiya I. partiyasi deb nomlandi. 1937 y. milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
 
1942—45 i. larda I. ni Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil I. respublikasi deb eʼlon qilindi (1945 y. 17 avg .). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945 y. 6 sent. da I. ga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. I. xalqi bosqinchilarga qarshi 4 y. kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949 y. noyab.). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. I. 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat "Indoneziya Qoʻshma Shtatlari" nomi b-n yuritila boshladi, Gollandiya I. ning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. I. xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950 y. 6 avg . da I. unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat I. uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956 y. apr.aprel). 1957 y. ning oxirida I. hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957 y. Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti b-n 1945 y. gi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959 y. iyul). Biroq I. hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956 y. Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami b-n isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni I. tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl b-n hal etolmagach, I. vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963 y. 1 mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar b-n doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi "1965 y. 30 sentyabr" voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi b-n davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va "yangi tartib" oʻrnatishga kirishildi. 1966 y. da general Suharto muvaqqat (1968 y. dan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. I. faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i.ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
 
Suharto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998 y. boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suhartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suharto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998 y. 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi b-n B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999 y. okt. dan Vohid Ab-durahmon, 2001 y. iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.