Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 31:
1956 y. I. Buyuk Britaniya va Fransiyaning Misrga, 1958 y. AQSH b-n Buyuk Britaniyaning Livan va Iorda-niyaga qarshi agressiyalarida qatnashdi. I. Iordan daryosi suvining bir kismini oʻz tomoniga burib yubordi (1964 y. iyun). 1967 y. 2 iyunda tuzilgan hukumat "Buyuk I." davlatini barpo etish rejasini amalga oshirishga kirishdi. 1967 y. 5 iyunda I. arab davlatlariga qarshi yana agressiya boshladi. BMT Xav-fsizlik Kengashi oʻzining 1967 y. 5—9 iyundagi majlisida I.dan harbiy harakatlarni darhol toʻxtatishni talab qildi, ammo I. agressiyani davom ettira-verdi. Taraqqiyparvar kuchlarning ta-labi va Xavfsizlik Kengashining qaroriga muvofiq (1967 y. 10 iyulda) I. oʻq otishni toʻxtashishga majbur boʻldi, ammo bosib olgan arab xududlaridan oʻz armiyasini olib ketishdan bosh tortdi. 1967 y. 22 noyab.da Xavfsizlik Kengashi Yaqin Sharqdagi tan-glikni siyosiy yoʻl b-n bartaraf etish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ammo I. bu qarorni mensimadi. Bosib olingan hududlarda harbiylashtirilgan yahudiy qishlokdari qurildi. 1973 y. kuzidagi arab-isroil urushida I. armiyasi va texnikasi katta talafot koʻrish evaziga koʻpgina yerlarni bosib oldi. 1974 va 1975 y.larda I. Misr b-n, 1974 y.da Suriya b-n tuzgan bitimlarga binoan qoʻshinlar bir-biridan yiroqlashtirildi, ular oʻrtasida bufer mintaqa hosil qilindi, bu yerga BMT qoʻshinlari joylashtirildi. 1979 y.gi I. -Misr sulh shartnomasiga muvofiq, I. oʻz qoʻshinlarini Sinay ya. o.dan olib ketdi va 1982 y.da yarim orolni Misrga kaytarib berdi. 1993 y.da I. b-n Falastin Ozodlik tashkiloti bir-birlarini tan olish hamda Gʻazza mintaqasi va Iyerixon sh. atrofida Muvaqqat Falastin muxtoriyati toʻgʻrisida bitim tuzdilar. 1998 y. oktyabrdagi I. — Falastin shartnomasida I. arablardan bosib olgan yerlarining bir qismini kaytarib berishi koʻzda tutilgan. Ammo I. - Falastin mojarosini bartaraf etish mushkul masalaligicha qolayotir.
 
I. — 1949 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR su-verenitetini 1991 y. 25 dek.da tan oldi va 1992 y.da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — Mustaqillik kuni (1948) — Yahudiylar taqvimiga koʻra, bu bayram har yili har xil kunda kelishi mumkin (2001 y.da 26 apr.gaaprelga toʻgʻri keldi).
 
Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. "Avoda" ("Mehnat") sotsialistik partiyasi, 1968 y.da tuzilgan; "Likud" ("Ittifoq") partiyasi, 1973 y.da tashkil etilgan; SHAS diniy partiyasi, 1984 y.da tuzilgan; "Mafdal" milliy-diniy partiyasi, 1956 y.da tashkil etilgan; Arab demokratik partiyasi, 1988 y.da tuzilgan; "Isra-el ba-Aliya" ("Isroil yuksalishda") partiyasi, 1996 y.da asos solingan. I. umumiy mehnat federatsiyasi kasaba uyushmasi 1920 y.da tashkil etilgan.
Qator 85:
 
== Oʻzbekiston — Isroil munosabatlari ==
I. davlati OʻzR mustaqilligini tan olganidan keyin ikkala mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun huquqiy negiz yaratishga kirishildi. 1994 y.dan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish, havo qatnovi, avtotransport va sayyohlikni rivojlantirish xususida bitimlar imzolandi. 1997 y. apr.daaprelda OʻzR Tashqi ishlar vazirining I.ga rasmiy tashrifi chogʻida madaniyat, fan va ma-orif sohasidagi hamkorlik haqida bitim tuzildi.
 
1998 y. sent. oyida OʻzR Prezidenti I. Karimovning I.ga tashrifi davomida hamkorlikning turli jihatlariga oid 8 ta shartnoma imzolandi. Hukumatlararo oʻzbek-isroil savdo-iqtisodiy komissiyasi ish boshladi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2000 y.da 27,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. I. dastlabki yillarda Oʻzbekistondan, asosan, qimmatbaho toshlar, roʻzgʻor paxtasi, kigiz harid qilgan boʻlsa, keyinchalik ularning yoniga paxta tolasi va gazlama, kimyoviy mahsulotlar ham qoʻshildi. Oʻzbekiston esa undan mexanik va elektr asbob-uskunalar, qora metall, plastmassa va ulardan yasalgan buyumlar, optika apparatlari, qandolat mahsulotlari, kofe, choy, goʻsht va baliq mahsulotlari, sport anjomlari, doridarmon, oʻyinchoqlar harid qiladi.