Jamoa xoʻjaligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 5:
Oʻzbekistonda 1990-y.lar boshidan sobiq kolxozlar oʻrnida faoliyat koʻrsatayotgan J. x.da aʼzolarning umumiy yigʻilishi boshqaruvning oliy organi hisoblangan. Biroq umumiy yigʻilish J. x. aʼzolarining ishtirokida oʻtkazilsada, aslida aloxida aʼzo xoʻjalik faoliyati yuzasidan qabul qilinadigan tegishli qarorlar boʻyicha hal etuvchi ovozga ega boʻlmagan. Umumiy yigʻilishlar oraligʻida xoʻjalikni yuritish bilan bogʻliq masalalarni hal etish Boshqaruv tomonidan amalga oshirilgan. Boshqaruvga va hamma ishga rais rahbarlik kilgan.
 
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish bosqichida Oʻzbekistonda J. x. ham shaklan, ham mazmunan xoʻjalik yuritishning bozor usuli va tamoyillariga moye emasligi maʼlum boʻlib qoldi. 1998 y. 30 apr.daaprelda Oʻzbekiston Respublikasining "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" qonuni qabul qilindi. Respublika hukumatining 1998 y. 15 iyuldagi 299-sonli "Qishloq xoʻjaligini isloh qilishga oid qonun hujjatlariga muvofiq qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) tuzish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga asosan barcha J. x. shirkat xoʻjaliklariga aylantirila boshlandi. Oʻzbekistonda 1754 shirkat xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi (2000).
 
J. x.ni shirkat xoʻjaliklariga oʻzgartirish mulkiy pay va oila nydpamura asoslangan boʻlib, maqsad qishloqda mulkdorlar sinfini yaratish, ularning mulkiy huquqlarini qayta tiklash va himoya qilish, bozor iqtisodiyoti talab va usullariga javob beradigan xoʻjalik yuritish shaklini rivojlantirish maqsadlarini koʻzlaydi (yana q. [[Qishloq xoʻjaligi shirkati]]).