Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 32:
Urushdan soʻng JARning Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961 y. 31 mayda JAI hukumati "oq tanli"lar oʻrtasida referendum oʻtkazib, mamlakatni Janubiy Afrika Respublikasi deb eʼlon qildi.
 
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-y.larda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning , shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991 y.da parlament turar joylarda va yer egaligida irqiy ayrimachilikni bekor qildi. 1994 y.da muvaqqat konstitutsiya kuchga kirdi. Shu yil apr.daaprelda Milliy assambleyaga koʻp irqli saylov boʻldi. Afrikaliklar Milliy Konfessi raisi N. Mandela JAR prezidenti etib saylandi. 1999 y.dan prezident T. Mbeki. JAR — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 27 apr.aprel — Ozodlik kuni (1994). OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 12 avg .da oʻrnatgan.
 
Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Jan. Afrika Afrikaliklar Milliy Kongressi, hukmron partiya, 1912 y.da asos solingan; Yangi millat partiyasi, 1914 y.da tashkil etilgan; Demokratik partiya, 1989 y. tashkil etilgan; Jan. Afrika konservativ partiyasi, 1982 y. tuzilgan; Milliy xalq partiyasi; Panafrika kongressi, 1959 y. tuzilgan; Jan. Afrika Kommunistok partiyasi, 1921 y. tuzilgan. Jan. Afrika kasaba uyushmalari kongressi, 1985 y. tashkil etilgan. JAR — xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat, Afrikada iqtisodiy jihatdan eng taraqqiy etgan davlat. Unda sanoati rivoj topgan mamlakatlarga xos koʻrsatkichlar ham, uchinchi dunyo mamlakatlari uchun xos boʻlgan ayrim iqtisodiy belgilar ham uchraydi. Sanoat i. ch. hajmi jihatidan JAR dunyodagi 20 yetakchi industrial mamlakat katoriga kiradi. Butun Afrika xududining 5% ni va aholisining 9% ni egallovchi JAR ulushiga qitʼa yalpi ichki mahsulotining 27%, sanoat mahsulotining 40%, q. x. mahsulotining 30% toʻgʻri keladi.