Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 3:
da boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 ylarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002 y: 27 yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllabquvvatlandi. 2004 yil 26 dek. va 2005 yil 9 yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005 yil 17—20 yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib shakllantirildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplari toʻgʻrisida" (2002 yil 4 apr.aprel), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida" (2002 yil 12 dek.)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg .), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida" (2003 yil 29 avg .) kabi qonunlar tashkil etadi.
 
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridantoʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.