Salim I Yovuz: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 1:
'''Salim I Yovuz''' (1477-1520.20.9) - Usmonli turk imperiyasi sultoni Sulton Boyazid II ning oʻgʻli. 1512 y.ning qishida yanicharlar yordamida otasidan taxtni tortib olgan. C.I ning buyrugʻiga muvofiq, uning akaukalari, jiyanlari qatl etilgan. Shialikka qarshi kurash shiori ostida 1513 y. uning hukmiga binoan, saltanatda yashovchi 40—45 ming atrofidagi shialar qatl qilinadi. Bunday qirgʻindan asosiy maqsad Eron shohiga qarshi qilinishi rejalashtirilayotgan yurish oldidan Eron bilan chegaradosh viloyatlarni shialardan tozalash edi. Shoh Ismoil I va sulton C.I oʻrtasida Choldiron vodiysida 1514 y.ning 23 avg .da sodir boʻlgan jangda har biri taxm. 120 ming askardan iborat 2 qoʻshin toʻqnashadi. Oʻt sochar qurol, yaʼni toʻp, zambarak va miltiqlar bilan qurollangan turk armiyasi Ismoil I qoʻshinini butunlay yakson etadi. Jang maydonida shohning 50 ming askari nobud boʻladi, qarorgohi toʻlaligicha turklar qoʻliga asir tushadi. Shoh poytaxti Tabrizda bir necha kun qoʻnim topgan S. 1 ulkan oʻlja bilan Istanbulga ravona boʻladi. Shundan soʻng C.I Jan.Sharqiy Anadoʻlu hamda Kurdistonni zabt etadi, Diyorbakr, Moʻsul, Mordin sh.lari unga taslim boʻladi. Oz fursat oʻtmasdan C.I Misr mamluklari tomon yoʻlga chiqadi. 1516 y.ning 24 avg .da Marj Dobik maydonida turklarning turli kalibrdagi toʻplariga bardosh berolmagan mamluklarning 60 ming kishilik armiyasi tormor etiladi. Ushbu jangdan soʻng Halab, Aynteba (Ayntob) singari qator Shom sh.lari C.I ga boʻysundiriladi. 1516 y.ning 28 avg .da Halabda juma namozida C.I ga "Ikki muqaddas shahar xizmatchisi" faxriy unvoni beriladi. Mana shu kundan eʼtiboran Usmonli sultonlar xalifa deb nomlana boshlagan. 1516 y.ning sent.da C.I butun Suriya hududini deyarli qarshiliksiz qoʻlga kiritadi, noyab. oxirida turk armiyasi Falastinni taslim etadi. 1516 y.ning 25 dek.da mamluklarning yangi sultoni Tumanboy qoʻshinlari Sinon Yusuf posho qoʻmondonligidagi turklar tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Bir oy oʻtgandan soʻng Ridoniyada boʻlgan hal qiluvchi jang Tumanboyning uzilkesil magʻlubiyati bilan yakunlanadi va sulton C.I Qohiraga kiradi. C.I qoʻliga tushgan soʻnggi mamluklar sultoni Tumanboy 1517 y.ning 13 apr.daaprelda osib oʻldiriladi. 1521—22 y.larda Suriya va Misr Usmoniylar saltanatining bir kismiga, yaʼni oʻlkasiga aylantiriladi. 1516 y. Shim. Afrikaning yirik porti hisoblangan Jazoir va uning atrofidagi yerlar turklar tasarrufiga kiritiladi. Natijada turklarga tegishli yurtlar qatoridan Bolqon, Jan.Sharqiy Anadoʻlu, Arabiston hamda Shim. Afrika yerlari oʻrin oladi. Vengriya chegaralari hamda Adriatika dengizidan Fors koʻrfazigacha boʻlgan hududlardan oʻtuvchi savdo yoʻllari bevosita turklar nazoratiga kiradi. 1519 y. jaloliylar qoʻzgʻolonini bostirgan. Misrda mamluklar davlatining tugatilishi, Eronning sezilarli darajada kuchsizlanishi, sulton C.I oʻz nigohini takror Yevropaga qaratish imkonini berdi. 1520 y. C.I yangi bosqinchilik yurishlariga (Rodos va Hindistonga) tayyorgarlik chogʻida 43 yoshida vafot etadi.
 
== Adabiyot ==