Taras Shevchenko: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 5:
SH. 1843 yil mayida Ukrainaga kelib, ukrain xalqi hayoti bilan yaqindan tanishgan. U shu safar chogʻida koʻplab rasmlar yaratib, ularni "Ukraina manzaralari" (1844) albomida eʼlon qilgan. 1844 yil fev.da Peterburgga qaytgan Sh. Badiiy akademiyani "erkin sanʼatkor" unvoni bilan tugatib, 1845 yilda yana Ukrainaga kelgan. U Kiyev arxeologik komissiyasining rassomi sifatida Ukrainaning bir qancha viloyatlariga sayohat qilgan. Sh.ning 1843—45 yillarda yaratgan "Tush", "Kavkaz", "Dahriy", "Ukki", "Choʻri" singari dostonlardan iborat "Uch yil" toʻplami ukrain sheʼriyatining yangi janrlar bilan boyishi, unga siyosiy mavzularning kirib kelishiga zamin hozirladi.
 
SH. 1847 yil apr.daaprelda "Uch yil" toʻplamiga kirgan sheʼrlari uchun qamoqqa olinib, Orsk qalʼasidagi Orenburg alohida korpusiga soldat sifatida yuborilgan. 1848 yil kapitanleytenant A.I. Butakov Sh.ni Orol dengizini tekshirish ekspeditsiyasiga rassom sifatida taklif etgan. Sh. mazkur safar paytida 350 dan ziyod akvarel portret va manzaralar yaratgan. Ammo1850 yil apr.daaprelda Sh. yana qamoqqa olinib, Kaspiy dengizi boʻyidagi Mangʻishloq ya.o.ga joʻnatilgan. Sh. qattiq nazorat ostida boʻlishiga qaramay, 1851 yil geologik ekspeditsiya tarkibiga rassom sifatida jalb etilgan. Sh. Novopetrovskda qalʼa komendantining ijozati bilan rus tilida "Sozanda", "Egizaklar" (1855), "Baxtsiz" (1856), "Nashʼali sayr" (1858) singari qissalar yozgan. Ammo muallif bu asarlarini hayotlik paytida eʼlon qilolmagan. Nikolay I vafotidan keyin Sh. ozod etilgan va 1858 yil martida Sh.ga Peterburgda yashashi uchun ijozat berilgan.
 
Rossiya shu yillarda krepostnoylik huquqini bekor qilishga tayyorlanayotgan va inqilobiy uygʻonishlar davriga kira boshlagan edi. Krepostnoylik tuzumini isloh etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni koʻrgan Sh. xalqni hurriyatni inqilobiy yoʻl bilan qoʻlga kiritishga chaqiruvchi asarlar yozgan.