Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 1:
'''Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi''' (TASSR) — Turkiston oʻlkasida sovet tuzumi oʻrnatilgandan keyin bolsheviklar tomonidan tuzilgan va RSFSR ga kirgan avtonom respublika (1918—24). Mayd. 1.324.994 kv. versta. Aholisi 5 mln.dan ziyod kishi (1922). Poytaxti — Toshkent sh.
 
Turkiston oʻlka sovetlarining 5sʼyezdi (1918 y. 20 apr.—1aprel—1 may)da 30 apr.aprel kuni Rossiya Sovet Federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi (qisqachaTCP) degan nom bilan tashkil topdi. Sʼyezdsa oliy organlar: Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Koʻmitasi (Turkiston MI K) va Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti (Turkiston XKS) tuzilgan. TCP maʼmuriy jixatdan Fargʻona, Samarkand, Sirdaryo, Yettisuv, Zakaspiy, keyinchalik Amudaryo (Turkman) viloyatlariga boʻlingan. Respublika hududi BXSR, XXSR, Kozogʻiston ASSR, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari bilan chegaradosh boʻlgan. Turkiston Respublikasi Sovetlarining favqulodda 6sʼyezdida RSFSR Konstitutsiyasi andozasida TCP Konstitutsiyasi qabul qilingan. 9sʼyezdda yangi Konstitutsiya qabul qilinib, TSRning nomi Turkiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (TSSR) deb oʻzgartirildi.
 
Respublika siyosiy hayotida Turkiston Kommunistik partiyasi — TKP (1918 y. iyunda Toshkentda tuzilgan) mugʻim rol oʻynagan. Hokimiyatning oliy qonun chiqaruvchi organi TSSR MIK hisoblangan. Ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organ TSSR XKS sanalgan. Birok, amalda hokimiyat RSFSR ning Toshkentdagi favqulodda organlari: Turkiston Komissiyasi, RKP(b) MK Turkiston byurosi (Turkbyuro), keyinchalik RKP (b) MK Oʻrta Osiyo byurosi (Sredazbyuro), Turkiston fronti qoʻlida boʻlgan. Soʻngra mahalliy hokimiyat RSFSRning turli komissarliklariga boʻysundirilgan. 1920 y.gacha mahalliy millat vakillari respublika oliy rahbariyati tarkibiga kiritilmagan. Keyinchalik T.Risqulov, N.Toʻraqulov, Q.Otaboyev, A.Rahimboyev, I.Xidiraliyev, R.Islomov, N.Aytoqov TSSR rahbarlari boʻlishgan.