Turkiston xalq universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 1:
'''Turkiston xalq universiteti''' — Oʻrta Osiyoda rus oliy taʼlimiga asos boʻlgan ilk oʻquv maskani. Turkiston XKSning 1918 y. 16 martdagi qarori bilan shu yil 21 apr.daaprelda Toshkentning Yangi shahar kismidagi Ozodlik uyi (hoz. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Untning tashkil topishida "Oliy taʼlim tarafdorlari jamiyati" (1918 y. fev.)ga uyushgan A.V.Popov (1918 y. apr.aprel — dek.
 
da universitet rektori), G.N.Cherdansev (1918 y. dek. 1920 y. dek.da universitet rektori), prof.lar V.I.Romanovskiy, A.A.Semyonov, R.R.Shreder va b.ning xizmati katta boʻldi.
Qator 5:
T.x.u. kuyidagi tashkiliy tuzilishga ega boʻlgan: 1yuqori bosqich — oliy kurs [ijtimoiyiqtisod, fizikamat., adabiyotfalsafa (keyinroq tarixfilol.), texnika ftlari]; 2oʻrta bosqich — amaliy kurslar (elektromontyorlar, avtomobil ishi, temir yoʻlchilar, chizmachilik, oʻrmon texniklari, yersuv qoʻmitasi, bolalar bogʻchasi yoʻriqchilari, chet tillari, bichishtikish, poyabzal ishi, suzishni oʻrganih); 3quyi bosqich — taʼlimtarbiya berish kurslari (11 boshlangʻich maktab, 8 bolalar bogʻchasi). Shuningdek, tarkibida Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 y. 12 mayda tashkil etilgan Musulmon xalq dorilfununi (q. [[Oʻzbekiston milliy universiteti]]) hamda Turkiston xalq kutubxonasi (xrz. Oʻzbekiston milliy kutubxonasi), Turkiston xalq muzeyi (hoz. Oʻzbekiston sanʼat muzeyi), Turkiston xalk konservatoriyasi, Sharq inti kabi mustaqil tashkilotlar boʻlgan. T.x.u.ning tegishli kurslariga maʼlumot darajasiga qarab Jkhitini xohlovchi rus tilini bilgan kishilar imtihonsiz qabul qilingan. Dastlabki kunlardanoq Samarqand, Fargʻona, Andijon, Ashxobod va b. shaharlarda unt shoʻʼba (filial)lari ochilgan. 1918 y. kuzda Musulmon xalq dorulfununi 2darajali tashkilot sifatida tugatilgan, oʻrta va quyi bosqichdagi kurslar va mustaqil tashkilotlar untdan ajratilgan. 1918/19 oʻquv yili untning 5 ftida 60 prof.oʻqituvchi ishladi, 500 ga yaqin talaba taʼlim oldi. Bularning hammasi ruslar yoki rus tilida soʻzlashuvchi boshqa millat vakillari edi. Mahalliy musulmon millat vakillari rus tilini bilmaganligi sababli bu untdan bahramand boʻla olmadilar. Sovet hukumati ularning manfaati va xohishistagini eʼtiborga olmadi. Sovet tarixchilari bu haqiqatni butunlay teskari talqin qilishga majbur boʻldilar. Sovet davrida chop etilgan tarixga oid adabiyotlarda bu unt kommunistok partiya va sovet xukumatining mahalliy aholiga koʻrsatgan bexds katga gʻamxoʻrligi, xalqparvarligi tufayli paydo boʻldi, deb koʻrsatib kelindi.
 
T.x.u.ni toʻla maʼnodagi oliy oʻquv yurti deb boʻlmasdi. 1919 y. dek.da u haqiqiy davlat unti maqomini oldi va Turkiston davlat unti deb nomlandi. T.x.u.da 1918 y. 20 apr.danapreldan rus tilida "Xalq universiteta" (Narodnoʻy universitet") gaz. va maxsus ilmiy ommaviy toʻplam nashr etildi.
 
== Adabiyot ==