Turkiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 8:
Qoraxoniylar davlati barpo etilishi bilan "T." toponimining ahamiyati yana qayta oʻzining sobiq hududlari doirasida deyarli tiklanadi, uning jan. sarhadlari Amudaryo bilan belgilanadi. "Movarounnahr" atamasi esa, T.ning bir qismi sifatida, yaʼni K,oraxoniylar, soʻngra Xorazmshohlar, Chigʻatoiylar, Temuriylar va Shayboniylar davlatining bir qismi sifatida qarala boshlagan. Mahmud ibn Valnning yozishicha, "Turkiston — bu keng va koʻngilli yurtdir.., bu yurtning uzunligi Sayhun daryosining qirgʻogʻidan Qoramurun daryosi qirgʻogʻigacha boʻlib, bu yerni Moʻgʻuliston nomi bilan ataganlar". Muallif T.ning yana bir nomi — bu Turon va uning aholisi turklar deb yozadi. Shu davrdagi Moʻgʻuliston Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Oltoyni qamrab olgan. 19-a. oʻrtalarida T. xududi (3 mln. kv. km dan ortiq) gʻarbda Ural togʻlari etagi va Kaspiy dengizi, sharkda Oltoy togʻlari va Xitoy, jan.da Eron va Afgʻoniston, shim.
 
da Tomsk va Tobolsk gubernyalari bilan chegaradosh boʻlgan. T. shartli ravishda Gʻarbiy (Qozogʻistonning jan. qismi, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hududlari), Sharqiy (SintszyanUygʻur muxtor rayoni) va Afgʻon T.i (Afgʻonistonning shim. qismi)ga boʻlingan. Rossiya imperiyasi bosib olgan Gʻarbiy T. hududida 1867 y. Turkiston generalgubernatorligi tashkil qilingan. 1886 y.dan rasman Turkiston oʻlkasi deb atala boshlagan. Oktyabr toʻntarishidan soʻng , 1918 y. apr.daaprelda Gʻarbiy T. hududida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TurkASSR) tuzilgan. Shoʻro hokimiyati yagona va mustaqil T.ni qayta tiklash gʻoyasi tugʻilishidan xavfsirab 1924—25 y.larda shoshilinch suratda "T.xalqlarining milliydavlat chegaralanishi" deb atalmish tadbirni oʻtkazgan. Natijada, ugla paytda siyosiy ahamiyat kasb etgan "T." atamasi sunʼiy ravishda isteʼmoldan chiqarilib, oʻrniga rasman"Oʻrta Osiyo" geografik termini joriy qilingan.
 
Ad: Bartold V.V., Istoriya Turkestana, Sochineniya, T. 11(1), M., 1963; Sagdullayev A. S., Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1996.