Venesuela: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 26:
 
== Tarixi ==
Kadim zamonlardan V. hududida aravak, karib va b. mayda shevalarda gaplashadigan indeys qabilalari yashagan. Bu qabilalar ibtidoiy-jamoa tuzumining turli bosqichlarida boʻlib, ovchilik, baliqchilik va dehqonchilik b-n shugʻullangan. 1498 y. X. Kolumb V. sohillariga kirib kelgan. 1499 y. ispanlarning A. de Oxeda ekspeditsiyasi V. qirgʻoqlarini Marakaybo qoʻltigʻigacha tekshirganida indeyslarning suvda qoziqlar ustiga qurilgan turar joylarini koʻrib, bu diyorni V. (kichik Venesiya) deb atashdi. 16-a. boshlarida ispanlar V. ni bosib oldi. 1810 y. V. da mustaqillik uchun kurash boshlandi. Bu kurashga F. Mirando, keyinchalik S. Bolivar rahbar boʻldi. Natijada 1811 y. V. mustaqillikka erishdi. 1819 y. V. Buyuk Kolumbiya Respublikasi tarkibiga kirdi. 1830 y. dan V. — mustaqil davlat. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatga chet el kapitali suqilib kirdi. 1913 y.da neft konlari ochildi. Neft chiqarishning tez surʼatlar b-n oʻsishi natijasida ishlab bsruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari paydo boʻldi, bu esa mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga hal qiluvchi taʼsir qildi. 1947 y. general Medina Angarita harbiy rejimi agʻdarilgach, atoqli yozuvchi Romulo Galegos mamlakat prezidenti boʻlib qoldi. Galegos hukumati chet el neft kompaniyalari daromadlaridan davlat foydasiga olinadigan soliqni koʻpaytirdi, bu kompaniyalarning faoliyatini cheklaydigan bir qancha tadbirlar koʻrdi, sanoatda davlat sektorini yaratish, agrar islohot oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ana shu tadbirlar, shuningdek V. ning siyosiy mustaqillikka erishish yUlidagi harakati chet el monopoliyalarining noroziligiga sabab boʻldi. 1948 y. noyab.da bir guruh zobitlar chet el monopoliyalari yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazdi. Peres Ximenes 1952 y.da mustabid diktatura rejim i oʻrnatdi. P. Ximenes hukumati davrida (1952—58) V. iqtisodiy asoratga tushdi. Biroq mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlar birlashib, diktaturaga qarshi qurolli qoʻzgʻolon koʻtardi va 1958 y. yanvarda Ximenes hukumati agʻdarildi. Bu gʻalaba natijasida mamlakatda demokratik yoʻldan borish, mehnatkashlarning eng muhim talablarini qondirish imkoniyati tugʻildi. Biroq prezident R. Betankur hukumati milliy mustaqillikni himoya qilish va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish kerak desada, amalda reaksion kuchlarga yon berish siyosatini yuritdi. R. Betankurning reaksion siyosatidan mamlakatdagi barcha siyosiy guruhlar norozi edi. 1963 y.dek.da saylangan prezident R. Leoni hukumati ana shuni hisobga olib, ichki va tashqi siyosatda juda ustalik b-n ish tuta boshladi. Biroq bu siyosat oʻz mohiyatiga koʻra, millat manfaatiga zid siyosat boʻlganidan mamlakatda ilgʻor kuchlarning qarshiligi kuchaya bordi. 1968 y. apr.aprel da hukmron "Demokratik harakat" partiyasida parokandalik roʻy berdi va u 1968 y. prezident saylovida magʻlubiyatga uchradi. 1968 y. prezident saylovida Sotsial-xristian partiyasining rahbari R. Kaldera gʻalaba qozonib, 1969— 74 y. lardagi muddatga davlat boshligʻi qilib tayinlandi. Shundan keyin ham V. da davlat prezidenti bir necha marta oʻzgardi. V. 1945 y. dan BMT aʼzosi. OʻzR b-n diplomatiya munosabatlarini 1996 y. 26 apr.daaprelda oʻrnatgan. Milliy bayrami — 5 iyul — Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1811).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari: Demokratik harakat, 1941 y.da asos solingan; Xalq saylov harakati, 1967 y. da tuzilgan; Milliy konvergensiya, 1993 y.da asos solingan; Respublikachi demokratik ittifoq, 1946 y.da tuzilgan; Sotsial-xristian partiya, 1946 yda tuzilgan; Sotsializm uchun harakat, 1971 y. tuzilgan; V. Kommunistok partiyasi, 1931 y. tashkil etilgan; Radikal ish partiyasi; Beshinchi Respublika harakati, 1997 y. asos solingan; Soʻl inqilobiy harakat, 1960 y. tuzilgan. Kasaba uyushmalari: V. mehnatkashlari yagona markazi, 1963 y.da tuzilgan; V. mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1936 y. da tashkil etilgan.