Xiva qoʻzgʻoloni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
Qator 9:
da qoʻzgʻolonchilar Yangi Urganch sh.ni egallab, shaharliklardan 50 ming soʻm tovon puli undirishgan. Junaidxon egallagan va u hali bormagan hokimliklar aholisi uning fuqaroligini qabul qilishgan. Turkiston oʻlkasi generalgubernatori Martsonning Petrogradga — Rossiya harbiy ishlar vaziri nomiga yoʻllagan telegrammasida aytilishicha, 8 fev.da Xonqa hokimligi aholisi eshonlar boshchiligida Junaidxonning fuqaroligiga oʻtgan. 10 fev.da qoʻzgʻolonchilar Xivani qamal qilishgan. 13 fev.ga oʻtar kechasi Junaidxon qoʻshini Xivaga kirib, xon saroyini egallaydi. Biroq Asfandiyorxon oʻz oʻrnida qoldirilib, undan 18 ming soʻm tovon puli olingan.
 
Turkiston oʻlkasi generalgubernatori Xivadagi qoʻzgʻolon Zakaspiy obl. va butun Turkiston oʻlkasiga tarqalib ketishidan xavfsirab, Sirdaryo obl. harbiy gubernatori generalleytenant Galkin boshchiligidagi harbiy otryadni Xivaga yubordi. Galkin jazo otryadi 15 fev.da Xivaga yetib kelib, Kolosovskiy otryadi bilan qoʻshilgan. X.q.ning 3bosqichi (1916 y. 15 fev. — 4 may)ni jazo otryadi tomonidan bostirish jarayoni ana shunday boshlandi. Bu paytda Junaidxon qoʻshini Xiva bilan Yangi Urganch va PetroAleksandrovsk (hoz. Toʻrtkoʻl) oʻrtasidagi telegraf aloqasini uzib tashladi. Biroq Junaidxonning qoʻshini butun xonlikdagi shaharlarda sochilib ketganligi sababli u Galkin jazo otryadi siquviga dosh bera olmay, 16 fev. da Xivani tark etishga majbur boʻldi. 15 rota, 5 ta kazak yuzligi va 16 ta toʻpdan iborat Galkinning jazo otryadi 15 mart ertalab Xivadan Gʻoziobodga yoʻl oddi. Gʻoziobodda ular qatgiq qarshilikka uchrashdi. 16 martda Gʻoziobod bosib olinib, shaharga oʻt qoʻyildi. 19—20 martda Taxta qalʼasi egallanib, Junaidxon, Xon Eshon va ularning safdoshlariga qarashli hovlilar vayron qilindi. Junaidxon esa 19 apr.gaaprelga oʻtar kechasi Sundukli daradan Eronga oʻtib ketgan.
 
Galkin jazo otryadi 24 apr.aprel — 4 mayda Koʻhna Urganch, Xoʻjaeli, Porsu, Ilonli (Ilalli), Toshhovuz, Gurlan, Yangi Urganchda boʻlib, qoʻzgʻolonchilarni jazolagach, Xivaga qaytadi. Mustamlakachilar xonlik aholisidan katta miqdorda tovon puli (mas, Xoʻjaeli fuqarolaridan 100 ming soʻm) olishgan. Jazo otryadi faqat qoʻzgʻolonchilarni emas, balki ularning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlarini ham shafqatsiz jazoladi, tinch aholi vakillari oʻldirildi.
 
X.Q.ning mohiyati podsho va sovet Rossiyasi hukmronlik qilgan davrda soxtalashtirilib, u sunʼiy ravishda progressiv va reaksion bosqichlarga ajratildi.