Reyn: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
[[File:Rheinsystem small internat.jpg|thumb]]'''Reyn''' — Gʻarbiy Yevropadagi eng katta daryolardan biri, Shveysariya, Lixtenshteyn, Avstriya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya hududlaridan oqib oʻtadi. Uz. 13201239 km, xavzasining mayd. 224,4 ming km2. Alp togʻlaridan boshlanib, Boden koʻlidan oqib oʻtgach, Yura va Shvarsvald tizmalarini kesib oʻtadi. Soʻnfa Yuqori Reyn pastgekisligi boʻylab oqadi va oʻrta qismida tor vodiy orqali Reyn Slanetsli togʻlarini kesib oʻtib, Oʻrta Yevropa tekisligiga chiqadi. Shim. dengizga murakkab delta hosil qilib quyiladi. Yuqori qismida bahor — yoz oylarida, oʻrta va quyi qismlarida yil davomida sersuv. Yillik oʻrtacha suv sarfi 2500 m3/sek., yillik suv oqimi 79 km3.
 
P. — Gʻarbiy Yevropaning muhim xalqaro suv magistrali. Quyi oqimida yiliga 100 mln. t hajmda yuk tashiladi. Bazel sh.dan boshlab 952 km masofada va Boden koʻlida muntazam kema qatnaydi. R. havzasidagi suv yoʻllarining umumiy uz. 3000 km chamasida. Kanallar orqali Rona, Marna, Vezer, Ems, Elba daryolari bilan tutashgan. GESlar qurilgan. R. boʻyida Bazel, Strasbur, Mangeym, Mayns, Bonn, Kyoln, Dyusseldorf, Duysburg sh.lari, deltasida Rotterdam dengiz porti joylashgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>