Dogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 111:
ga kelib Kaspiy sohillarini gunnlar egallagan. 664 y. D.ni arablar egallab, aholi islom dinini qabul qilgan. 11a. oʻrtalarida Ozarbayjonni va D.ning koʻpgina qismini saljuqiylar bosib oldi. 12-a. oxirida Avar xonligi degan yirik davlat vujudga keldi. 13-a.ning 20-y.larida D.ga moʻgʻullar bostirib kirdi va mamlakat uzoq yillar Oltin Oʻrda zulmi ostida yashadi. Markazlashgan rus davlati tashkil topgach (16-a. oʻrtalarida), Rossiyaning D.ga qiziqishi oshdi. 1722 y. Pyotr I qoʻshinlari D.ning dengiz sohillarini bosib oldi. Ganja shartnomasi (1735) dan soʻng bu joylar Eronga topshirildi. Guliston sulh shartnomasi (1813)ga binoan D. Rossiya qaramogʻiga oʻtdi. Ammo podsho hukumatining mustamlakachilik siyosati togʻliklarning qoʻzgʻolonlariga sabab boʻldi. 19-a.ning 30-y.larida muridlik bayrogʻi ostida togʻliklarning mustamlakachilikka qarshi milliy ozodlik harakati boshlandi. Harakatga D. va Checheniston imomlari — Gʻozi Muhammad, Hamzatbek va Shomil rahbarlik qildi. Kavkaz urushlari (1817—64) natijasida qoʻzgʻolon bostirildi. 19-a. oʻrtalarida, ayniqsa 90-y.larda D.da bochkasozlik, neft haydash zavodlari, arqon va qogʻoz f-kalari, bosmaxona va b. vujudga keldi, 20-a. boshlarida korxonalar koʻpaydi. 1917 y. 1 dek.da Petrovsk-Portdagi mitingda Shoʻro hokimiyati oʻrnatilganligi eʼlon qilindi. Ammo, 1918—20 y.larda nemis-turk qoʻshinlari va oq gvardiyachilar uni bosib oldilar. 1920 y. mart oyida qizil armiya kuchi bilan D.da yana Shoʻro hokimiyati tiklandi.
 
1920 y. 13 noyab.danoyabrda D. xalqlarining favqulodda qurultoyida bolsheviklarnkng tazyiqi bilan Shoʻro muxtoriyatini tuzish haqida qaror qabul qilindi. 1921 y. 20yanv.da Butun Rossiya MIK dekreti bilan RSFSR tarkibida Dogʻiston ASSR tashkil qilindi. Shu davrdan to 1991 y. maygacha D.dagi iqtisodiy taraqqiyot, maorif, fan va madaniyatning rivoji bir yoqlama yoʻldan bordi.1991 y. maydan D. Respublikasi deb nomlandi.
 
1970 y. 14 may kuni D.da qattiq zilzila boʻldi. Tabiiy ofat shahar va qishloqlarga katta ziyon yetkazdi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston ham D.da uy-joy qurilishi ishlarida katta yordam koʻrsatdi. D.dagi "Oʻzbekiston" mikrorayoni oʻzbek va D. xalqlari doʻstligining ramzidir.