Estoniya: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k yanv. → yanvar |
DastyorBot (munozara | hissa) k noyab. → noyabr |
||
Qator 18:
== Tarixi ==
Mil.av. 3-ming yillikda E. hududida finugor qabilalari yashagan. Mil. av. 2-ming yillik oʻrtalarida jezdan, 1-ming yillik oʻrtalarida esa temirdan asboblar ishlangan. Shu davrga kelib boltiq boʻyi fin qabilalari (estlar va livlar)ning uyushuvi boshlandi. 2-ming yillik boshida savdo markazlari, gavanlar [Tallin, Tartu (Yuryev)] paydo boʻldi. qadimiy qabilalarning hududiy uyushmasi va ularning ittifoqi vujudga keldi. Eston elati shakllana boshladi. 1030—61 yillarda E.ning jan.sharqiy qismi Kiyev Rusiga qaram boʻldi. 13-asrdan boshlab nemislar, keyinchalik daniyaliklar agressiyasi natijasida E.da davlat shakllanishi jarayoni toʻxtab qoldi. 13-asrning 2-yarmi — 16-asrning oʻrtalarida nemis salibchilari tomonidan bosib olingan E. hududi Livoniyaning bir qismi boʻlib qoldi. 1558 yil yanvarda Rossiya Livon urushiii boshladi. Rus qoʻshinlaridan yengilgan Livon ordeni tarqalib ketdi. 1572—77 yillarda Rossiya E.ning barcha qismini (Tallin va orollardan tashqari) bosib oldi, ammo Rech Pospolita va Shvetsiya qoʻshinlariningʻ qarshi hujumi (1580— 81) natijasida Shim. Estoniya (Estlyandiya) Shvetsiyaga, Janubiy Estoniya Rech Pospolitaga oʻtdi, Saaremaa o. Daniyada qoldi. Shvetsiya bilan Rech Pospolita oʻrtasidagi urushlar (1600— 11, 1617—29) natijasida 1625 yilga kelib Shvetsiya E.ning barcha materik qismini bosib oldi. 1645 yil Saaremaa o. ham Shvetsiyaga oʻtdi. 1656—58 yillarda Rossiya — Shvetsiya urushlari oqibatida Sharqiy E. Rossiyaga qoʻshib olindi, ammo 1661 yil urushdan avvalgi chegara qayta tiklandi. Shvetsiyaga qarashli Boltiq boʻyi Estlyandiya (Shim. Estoniya) va Liflyandiya (Janubiy Estoniya va Shim. Latviya) guberniyalariga boʻlindi. Shimoliy urush (1700—21) natijasida E.ning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. Bu 1721 yilgi Nishtadt sulh shartnomasi bilan rasman tasdiqlandi. 1917 yil apr.da eston yerlari muxtoriyat maqomidagi alohida provinsiya qilib ajratildi. 1917 yil oktyabr oxirida shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yil 24 fev.da E. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1918 yil 29
Asosiy siyosiy partiya va birlashmalari, kasaba uyushmalari. "Respublika" partiyasi, 2001 yil dek.da tuzilgan; E. birlashgan xalq partiyasi, 1994 yil tashkil etilgan; Islohotlar partiyasi, 1994 yil asos solingan; Moʻʼtadillar partiyasi, 1996 yil tuzilgan; Vatan ittifoqi, 1995 yil tashkil etilgan; E. sentristlar partiyasi, 1992 yil asos solingan; E. xalq ittifoqi, 2000 yil tuzilgan. E. kasaba utoshmalari markaziy ittifoqi, 1989 yil dek.da tashkil etilgan.
|