Fransiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 26:
larda fransuz millati shakllandi, shim. fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-a. oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792 y. 22 sent.da F.da respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793 y. 24 iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (1794—95) va Direktoriya rejimi (1795—99) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804 y.dan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida F. kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, F. hududi birmuncha kengayib, Yevropada F.ga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, F.ning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 1814—15 va 1815—30 y.larda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815 y. martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815 y. 18 iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, F. 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830 y. Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. F.da monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.
 
1848 y. fev. inqilobi natijasida F.da Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851 y. 2 dek.da boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852 y. 2 dek.da u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 1870—71 y.lardagi F. — Prussiya urushida F. yengilib turgan sharoitda (1870) Sent. inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. F. respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871 y. 18 martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871 y. Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, F. Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Germaniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875 y. Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (1870— 1940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-a. oxiriga kelib, F. mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-a. boshlarida F. sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u 1-jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. F. bilan Germaniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 1891—93 y.larda F. — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi F.— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. F. 1jaqon urushi (1914—18)da qatnashdi. Germaniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, F. Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-y.lardagi jahon iqtisodiy boʻhroni F.da boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi F.dagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936 y. iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938 y. boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939 y. 3 sent.da F. Germaniyaning F. ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940 y. may oyida Germaniya qoʻshinlari F. hududiga bostirib kirdi. 10 iyunda F.ga Italiya urush eʼlon qildi. 14 iyunda esa Germaniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22 iyunda F. hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Germaniya qoʻshinlari F. hududining 2/3 kismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi sh.da A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942 y. 11 noyab.danoyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940 y. general Sh. de Goll boshchiligida "Ozod Fransiya" harakati (1942 y.dan "Kurashayotgan Fransiya") tuzildi. Bu harakatga F.ning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va b.)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941 y. 24 sent.
 
da de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi F. hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943 y. 3 iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida F. Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944 y. 2 iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ F. respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944 y. oxmriga kelib, F. hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.