Kashtan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Kashtan''' (Castanea) — qoraqayindoshlar oilasiga mansub daraxtsimon oʻsimliklar turkumi, yongʻoq mevali va manzarali daraxt. Shim. Amerika, Sharqiy Osiyo, Oʻrta dengiz sohillari, Marokash, Tunis, Kavkaz mintaqalarida tarqalgan. 14 turi maʼlum. Asosan, 4 turi ekiladi. K. 500—1000 (baʼzi mintaqalarda 3000) yilgacha yashaydi. Koʻp yil yashaydigan ekma (magʻzi yeyiladigan) chin K. (C.sativa) Qora dengiz boʻylari va Zakavkazyeda, togʻlarning quyi va oʻrta mintaqalarida oʻsadi. Buyi 35 m, tanasi diametri 2 m ga boradi. Shox-shabbalari keng , bargi oddiy, yirik, uz. 12—25 sm, kalta bandli, navbatma-navbat joylashgan. Barg chiqarganidan keyin gullaydi. Gullari mayda, gultuplami ziraksimon, bir jinsli yoki ikki jinsli, gultoʻplamining yuqori qismida otalik gullari, pastki qismida onalik gullari joylashadi, chetdan changlanadi. Mevasi — yongʻoq (kashtan), tuq jigarrang . Har birida 1 tadan urugʻ boʻladi. Daraxti oʻtqazilgach, 5—10 y.da meva beradi. Yorugʻsevar, namsevar, issiqlikka talabchan. Mevasi sent.dan noyab.gachanoyabrgacha pishadi. Bir daraxtdan 120—140 kg hosil olinadi. K. mevalari qaynatilib, qovurilib, quritilib isteʼmol qilinadi. Yongʻogʻi magʻzida 60% kraxmal, 17% qand, 8 — 11% azotli moddalar, 2% moy, vitaminlar, limon va olma kislotalari mavjud. Yogʻochida, poʻstlogʻida (qobigʻida), barglarida 6—14% tannidlar bor. Gullaridan olingan asal oʻziga xos xushboʻy hidga ega. Yogʻochi vino bochkalari, faner, mebel i.ch.da, duradgorlikda, kemasozlikda, qurilishda qoʻllaniladi. Poʻstlogʻidan turli boʻyoklar ishlab chiqariladi. K.ning bir necha navlari mavjud. Koʻproq mayda mevali Lion va Neapolitan navlari tapqalgan. Oʻzbekistonda uning faqat bitta turi tarqalgan boʻlib, ot kashtani (kashtan konskiy) nomi bilan maʼlum (yongʻogʻini yeb boʻlmaydi), manzarali daraxt sifatida ekiladi. K. urugʻidan koʻpaytiriladi, ayrim navlari payvand qilinadi. Urugʻi stratifikatsiyalanadi, bahorda pitomnikka ekiladi. Kasalliklari: ildiz vatana raki, oʻzak chirishi. Zararkunandalari: meva qurti, qoʻngʻizlar va b.
 
Abdushukur Xonazarov.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>