Marokash: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 23:
ning 20-y.larida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-a.ning 2-yarmida M.da hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda q. x. ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos sh. madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-a.da mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan M. hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
 
17-a. oxiri va 18-a. boshlarida marokashliklar yevropaliklarni M.dan, asosan, haydab chiqardilar. 19-a.ning 40-y.laridan Yevropa davlatlarining qoʻshinlari yana kirib kela boshladi — 1844 y. Fransiya, 1859 y. Ispaniya M. hududining bir qismini bosib oldi. Yevropa davlatlarining mamlakat ichkarisiga kirib borishiga yoʻl qoʻymaslik, parokandalikka barham berish, shuningdek, toʻxtovsiz qoʻzgʻolonlarni bostirish uchun Sulton Hasan I (1873— 94) bir qancha islohot oʻtkazdi (jumladan, armiya zamonaviylashtirildi, harbiy z-dlar, yangi portlar quriddi). 1907 y. Fransiya qoʻshinlari M.ning shim.-sharqidagi Vujda sh. atroflarini, soʻngra Kasablanka sh. va Shauya viloyatini, Ispaniya Melilya sh. atroflarini bosib oldi. Bunga javoban mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1912 y. tuzilgan Fransiya-M. (30 mart) va Fransiya-Ispaniya (27 noyab.noyabr) shartnomalariga koʻra, M. hududining katta qismi (80%)da Fransiya, kichikrok, shim. va jan. qismlarida Ispaniya protektorati oʻrnatildi; bir qismi (Tanjer) xalqaro zona boʻlib qoldi.
 
M. xalqi bosqinchi davlatlarning hukmronligiga qarshi umumiy qoʻzgʻolon koʻtardi. 1921 y. rif qabilalari Abdulkarim rahbarligida Rif viloyatida ispanlar qoʻlidan hokimiyatni tortib olib, mustaqil Rif Respublikasini tuzdilar. Ammo Ispaniya-Fransiyaning birlashgan kuchlari bilan boʻlgan shiddatli janglardan keyin Rif Respublikasi tormor qilindi (1926). Birok, Fransiya zonasidagi qabilalar mustamlakachilarga karshi qattiq qarshilik koʻrsatishni davom ettirdilar. 2-jahon urushi yillarida ozodlik harakati kuchayib ketdi.