Mashinasozlik sanoati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 3:
M. s. sanoat sifatida 18-a.da vujudga keldi, dastlab 19-a.da Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-a.da qurilgan.
 
Oʻzbekistonda M. s.ning dastlabki korxonalari 20-a. boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, t. y., paxta tozalash va yogʻ zavodlarini taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-y.lardan q. x., sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927 y. noyab.noyabr da Toshkentda "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodi ishga tushirildi. 1931 y. da bu zavod negizida taxta tozalash zavodlari uchun asbobuskunalar i. ch. va q.h. texnikasi taʼmiri bilan shugʻullanadigan "Qishloqmash" (hoz. "Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodi" ak-siyadorlik jamiyati) tashkil etildi. Zavodda chigit seyalkalari, borona va kultivatorlar tayyorlash yoʻlga qoʻ-yildi.
 
1941—45 y.lardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va b. mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945 y.dan keyin paxtachilik va irrigatsiya qurilishi mashinalari i. ch. tiklandi, toʻqimachilik, kimyo va xalq xoʻjaligining boshqa tarmoqlari uchun yangi jihozlar i. ch. boshlandi. Paxta terish mashinalari, ekskavatorlar, koʻprik elektr kranlari, yigirish mashinalari i. ch. oʻzlashtirildi, korxonalarning ixtisoslashuvi va koopera-siyasi rivojlandi.