Nestor Maxno: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Maxno Nestor Ivanovich''' (1889.20.10, Gulyaypole shaharchasi, Zaporojye viloyati, Ukraina — 1934.6.7, Parij) — sovet rejimiga karshi Ukrainadagi milliy harakat — maxnochilik (1918— 21)ning harbiy va gʻoyaviy rahbari. 1905—07 y.larda Rossiyada boʻlgan inq-ilob davrida anarhistlar guruhiga kirgan. 1909 y. politsiya boshligʻini oʻldirgani uchun surgun qilingan. 1917 y. Fev. inqilobidan keyin qamoqdan ozod boʻlgach, Gulyaypoleda qurolli anarhistlar otryadini tuzgan. Okt. toʻntarishidan keyin dastlab Avstriya— Germaniya, S. V. Petlyura (1879—1926) va A. I. Denikin otryadlariga qarshi kurashgan. 1919 y. bahorda maxnochilik harakati Dnestrdan Don daryosigacha boʻlgan katta hududga tarqalib, qizil armiya va sovet rejimiga qarshi ommaviy qurolli kurashga aylangan. 35000 kishilik qoʻshin (asosan, otliklar) tuzilgan. 1920 y. bahor va yoz oylarida qizil askarlarga qarshi shiddatli janglar boʻlgan. 1920 y. noyab.danoyabrda M. qoʻshiniga qarshi kurashga M.V. Frunze boshchiligidagi kizil armiya qismlari safarbar qilingan. 1920 y. dek.da maxnochilarning Qrim guruhi tugatilgan. Turkistondagi ayrim qizil armiya qismlari ularga qarshi jangga tashlangan. Magʻlubiyatga uchragan M. kichik guruh bilan Ruminiyaga oʻtgan. Ke-yinchalik u Fransiyada yashab, SSSRga qarshi mafkuraviy kurashni davom ettirgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==