Mikroneziya Federativ Shtatlari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 15:
M. orollari kelib chiqishi jihatidan marjon orollariga va vulkan otilishidan paydo boʻlgan orollarga boʻlinadi. Boksit va fosforit konlari bor. Iqlimi ekvatorial va subekvatorial iqlim. Oylik oʻrtacha t-ra — yanvarda 26°, iyulda 28°. Yogʻin yil davomida bir meʼyorda (2000—6000 mm) yogʻadi. Karolina o.lari atrofida kuchli tropik dovullar boʻlib turadi. Tabiiy oʻsimliklari vulkan orollarida doim yashil tropik oʻrmon (palma, daraxtsimon qirqquloq, bambuklar), qisman savannalardan iborat. Marjon orollarida oʻsimlik kam. Jonivorlardan kalamush, koʻrshapalak, timsoh, ilon, kaltakesak, dengiz kushlari uchraydi.
 
Tarixn. Hozirgi M. davlatining xududi 17—19-a.larda Ispaniyaga qarashli boʻlgan. 1889 y.da Germaniya Karolina o.larini Ispaniyadan sotib oldi. 1914 y.da orollarni Yaponiya bosib oldi, 2-jahon urushida AQSH egalladi. 1947 y.dan AQSH tomonidan boshqariladigan BMT vasiyligidagi hududga aylandi. 1978 y.da Karolina o.lari AQSH bilan "erkin uyushgan" hudud maqomini oldi. Bu haqdagi shartnoma 1982 y.da imzolandi, 1986 y. 3 noyab.danoyabrda kuchga kirdi va MFShga oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi, ammo mudofaa, moliya va tashqi ishlar masalalarini AQSH ixtiyorida qoldirdi. M. — 1991 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 noyab.noyabr — Mustaqillik kuni (1991).