Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 27:
da Esonxon (1440— 55 y.larda xonlik qilgan) va Dayanxon (1479—1543 y.larda xonlik qilgan) kabi hukmdorlar birlashgan Moʻgʻul davlatini tiklashga harakat qildilar. Dayanxonning oʻlimidan keyin mamlakat Jan. Moʻgʻuliston va Shim. Moʻgʻulistonga boʻlinib ketdi. Shim. Moʻgʻuliston ham oʻz navbatida Gʻarbiy va Sharqiy qismlarga ajraldi. 16-a.da M. ning uchala qismida jami 200 xonlik boʻlgan. 16-a. oxiriga kelib M.da budda dinining lamaizm yoʻnalishi yoyildi va 17-a. boshida davlat diniga aylandi. 1616 y.da Shim.-Sharqiy Xitoy hududida vujudga kelgan Manjurlar davlati 1634 y. Jan. Moʻgʻulistonni bosib oldi va uni Ichki Mongoliya deb atadi. 1688 y.da Sharqiy Moʻgʻuliston manjurlar asos solgan Sin sulolasi (1644— 1911) hokimiyatini tan oldi. Shundan keyin Sharqiy Moʻgʻuliston (hozirgi M. xududi) Tashqi Mongoliya deb atala boshladi.
 
M.da yagona mustaqil davlat — Oyrot xonligi ham 1758 y.da manjurlar tomonidan tugatildi va uning yarim milliondan ortiq aholisi qirib tashlandi. Oʻz hukmronligini abadiylashtirish maqsadida Sin sulolasi M.ni tashqi dunyodan ajratish choralarini koʻrdi. 20-a. boshlarida M. Osiyoningeng qoloq mamlakatlaridan biri edi. M.da 19a. oxirida boshlangan milliy ozodlik harakati 20-a. boshlarida yanada kuchaydi. 1911 y. aratlarning yirik qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1911 y. noyab.danoyabrda Urga (hoz. Ulan-Bator)da Sin sulolasi hokimiyati agʻdarilib, mustaqil M. davlati tuzilganligi eʼlon qilindi. Mamlakatdagi lama ibodatxonasining oliy ruhoniysi — Boʻgʻdixon tuzgan hukumat M. suverenitetining davlatlar tomonidan tan olinishi uchun 3 y. dan ortiqroq harakat qildi. 1915 y.da Rossiyaning Kyaxta sh.da chor Rossiyasi, Xitoy va M. vakillarining uch tomonlama konferensiyasi boʻldi, uning qarorlariga muvofiq, M.ning maqomi Xitoy suvereniteti ostidagi va Rossiya homiyligidagi keng muxtoriyat bilan cheklandi. 1919 y.da Xitoy M.ga qoʻshin kiritdi va uning hukmron yuqori tabaqasini muxtoriyat maqomidan voz kechishga majbur qildi. Ammo mongol xalqi mustaqillik uchun kurashni davom ettirdi.
 
1921 y. iyulda Urga sh.da M. mustaqilligi eʼlon qilindi. 1924 y. 26 noyab.danoyabrda mamlakat parlamenti — Buyuk xalq kurali Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tuzilganligini maʼlum qildi va birinchi konstitutsiyani qabul etdi. 1992 y.gacha mamlakat shu nom bilan yuritildi. Shu yili qabul qilingan konstitutsiya kuchga kirgach, M. deb atala boshladi. 1990 y.larning boshlaridan M. taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtdi — markazlashgan rejali iqtisodiyot oʻrniga bozor iqtisodiyoti joriy etila boshladi, bir partiyali siyosiy tizimdan koʻp parti-yali tizimga, totalitar davlatdan huquqiy davlatga aylana boshladi.
 
M. — 1961 y. dan BMT aʼzosi. OʻzRb-n diplomatiya munosabatlarini 1992 y. 25 yanvarda oʻrnatdi. Milliy bayrami — 11 iyul — Xalq Inqilobi kuni (1921).