Niger: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa) k yanv. → yanvar |
DastyorBot (munozara | hissa) k noyab. → noyabr |
||
Qator 21:
N. hududida qadimdan aholi yashab kelgan. Air togʻligi, Tener choʻli, Agades sh.dagi arxeologik qazishmalarda neolit davriga mansub ashyolar topilgan. Qad. odamlar yovvoyi mevalarni terib kun kechirganlar, ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mil. 1-a.da Saxroi Kabirning jan.ga rimliklar kirib kelgan. Arab va barbar savdogarlari kelishi bilan islom dini tarqalgan. 7—19-a.larda N.ning ayrim qismlari oʻrta asr Gʻarbiy Sudan davlatlari — Songay va Kanem tarkibida boʻlgan. 18-a. urtalarida Niger daryosining sohillari tuareglar qul ostiga utgan. 19-a.da N. hududida yevropaliklarning bir necha ekspeditsiyasi boʻlgan. 1898 y.dan fransuzlar N.ni mustamlaka qilishga kirishdilar. 1901 y. N. Fransiya Gʻarbiy Afrikasi (FGʻA)ga kiruvchi Yuqori Senegal tarkibiga qoʻshib olindi. 1922 y.dan N. FGʻAning alohida maʼmuriy birligi qilib ajratildi. Mustamlakachilar majburiy mehnattartibotini joriy qidsilar. N. xalqi mustamlakachilarga qarshi qoʻzgʻolonlar koʻtardi (1905,1906—14, 1914— 17). Mustamlakachilarga qarshi kurash 1-va 2-jahon urushlari oʻrtasidagi davrda ham davom etdi.
2-jahon urushidan keyin milliy ozodlik harakati boshlandi. 1946 y. Niger taraqqiyparvar partiyasi (NTP) tuzildi. 1947 y. Fransiyaning "dengiz orti hududi" maqomini oldi. 1951 y. NTPning soʻl qanoti Jibo Bakari rahbarligida partiyadan ajralib chiqib, N. demokratik ittifoqini tuzdi. Uning nomi 1958 y. Savaba (Ozodlik) deb oʻzgartirildi. 1957 y. J. Bakari N. huku-mat kengashining bosh vaziri etib saylandi. 1958 y. 28 sent.da Fransiyaning yangi konstitutsiyasi loyihasi haqidagi referendumda Savaba N.ga mustaqillik berilishini talab qildi. 1958 y. 18 dek.da N. Fransiya Hamjamiyati tarkibida oʻzini oʻzi boshqaruvchi respublika deb eʼlon qilindi. 1959 y.da N. Res-publikasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 1960 y. 3 avg .da N. mustaqil respublika deb eʼlon qilin-di va u Hamjamiyatdan chikdi. 1960 y.
da, 1996 y. 27 yanvarda sodir boʻlgan harbiy toʻntarishlar ham aholining ahvolini yaxshilashga olib kelmadi. Nihoyat, 1999 y. 9 apr.dagi harbiy toʻntarish natijasida mamlakat prezidenti Ibrohim Barre Maynassar oʻddirildi, Milliy majlis va hukumat tarqatib yuboriddi, 1966 y. konstitutsi-yaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi. 1999 y. 11 apr.da tasdiklangan Milliy yarash kengashi mayor Dovud Malam Van-keni davlat va hukumat boshligʻi etib tayinladi. 1999 y. 18 iyuldagi referendumda yangi konstitutsiya maʼqullandi. 1999 y. 24
N. — 1960 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 18 dek. — Respublika eʼlon qilingan kun (1958).
|