Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 19:
 
== Tarixi ==
Kadimda N. hududida chibcha, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yashagan. Mamlakat kabilalardan birining boshligʻi Nikarao nomi bilan atalgan. N.ga 1502 y. 16 sent.da yevropaliklardan birinchi boʻlib X. Kolumb borgan. 1524 y.da ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573 y.da Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining koʻpchiligi qirib tashlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining koʻp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-a. oxiriga kelib, N.da Liberal va Konservativ partiyalar paydo boʻddi. 1821 y. 15 sent.da N. mustaqillikka erishdi. 1824 y. quddorlik bekor qilindi. N. 1822 y. Meksika imperiyasi, 1823—38 y.larda Markaziy Amerika qoʻshma provinsiyalari tarkibida boʻldi. 1855 y. N.ni AQSH qoʻshinlari bosib oldi. 1856 y. amerikalik U. Uoker oʻzini N. prezidenti deb eʼlon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlashgan qoʻshinlari Uokerni N.dan haydab yubordi. Bu kurashda faol katnashgan T. Martines 1857—67 y.lar N. prezidenti boʻldi. Shundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qoʻliga oʻtdi. X.S. Selaya boshliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQSH qoʻshinlari 1911 y. intervensiya uyushtirib, N. hukumatini agʻdarib tashladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927 y. A. S. Sandino boshchiligida milliy ozodlik kurashi kuchayib, vatanparvarlar gʻalabasi bilan tugadi. Ammo milliy gvardiya qoʻmondoni A. Somosa xiyonat yoʻliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936 y.da davlat toʻntarishi uyushtirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron boʻlib oldi. 60-y.lar boshida mamlakatda keng xalq harakati boshlandi. 1961 y. Sandinochilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini agʻdarish uchun kurashda yetakchi siyosiy va harbiy kuchga aylandi. 1974 y. tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakchi muxolifat partiyalarini birlashtirdi, 1978 y. Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Oʻsha yil avg .da butun mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi va 1979 y. 19 iyudda xalq inqilobi gʻalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi agʻdarib tashlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-nish hukumati qoʻliga oʻtdi. 1984 y. 4 noyab.noyabr
 
da erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 y. 4 noyab.daginoyabrdagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. N. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15 sent. — Mustaqillik kuni (1821).