Oka (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Oka''' — RFning Yevropa qismidagi daryo, Volganing oʻng irmogʻi. Oʻrta Rossiya qirlarining markaziy qismidan (226 m absolyut balandlikdan) boshlanadi. Nijniy Novgorod sh. yonida Volga daryosiga quyiladi. Uz. 1500 km, hav-zasining mayd. 245 ming km2. Boshlanish joyidan Ugra daryosi quyilgan joyga qadar O. tor (0,5—1,0 km) va chuqur (20—80 m) vodiyda, egri-bugri va ser-ostona oʻzanda oqadi. Ugra daryosining quyilish joyidan Moksha daryosining quyilish joyigacha boʻlgan oʻrta oqimida daryo vodiysi 0,4 km dan 20—30 km ga qadar kengaygan. Bu qismida daryo oʻzani juda ham egri-bugri, kema yurishini qiyinlashtiradigan sayoz joylar va ostonalar bor. Daryoning bu qismida kemalar qatnovini yaxshilash uchun ikkita shlyuz qurilgan. Moksha daryosi quyilgan joydan O.ning quyi oqimi boshlanadi. Bu qismida O. yanada keng vodiyda oqadi, eni ayrim joylarda 20 km ga yetadi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi (etak qismida ) 1300 m3/ sek. O. suvi noyab.noyabr oxiridan apr. oxiriga qadar muzlaydi. Muhim irmoqlari: chapda — Zusha, Moksha. Chekalin sh. yaqinidan quyilish joyigacha TT2D0 km) kema qatnaydi. O. boʻyida Oryol, Kaluga, Serpuxov, Kashira, Ryazan, Kolomna, Murom, Nijniy Novgorod va b. sh.lar joylashgan. <ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==