Portugaliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 18:
P. hududida paleolit davrida manzilgoxlar boʻlgan. Mil. av. 4—3-a. lardan bu yerda luzitanlar yashagan. Mil. av. 1-a. oxirida Kdd. Rim ixtiyoriga utib, uning Luzitaniya viloyati boʻlib qoldi. Mil. 5-a. 1yarmidan svevlar, 6-a. 2yar-midan vestgotlar hukmronlik qildi. 713—18 y.larda P. hududini arablar va barbar (mavr)lar bosib olib, Arab xalifaligi tarkibiga qushdi. Ozodlik kurashi (Rekonkista) natijasida mamlakat 1249—50 y.larda arablar istib-dodidan butunlay qutuldi, portugal millati tarkib topdi, Portugaliya davlati vujudga keldi. P.ning geografik oʻrni qulay boʻlganligi tufayli savdosotiq va hunarmandchilik rivojlandi, shaharlar tez usdi. Qirollik hokimiyati kuchayib, uzga mamlakatlarni bosib ola boshladi. Afrika va Osiyodagi bir qancha hududlarni mustamlakaga aylantirdi. 1500 y.dan Braziliyani egallashga kirishdi. 16-a.ning 1yarmi P. imperiyasi ravnaq topgan davr buldi. Ammo juda katta boylikni qoʻlga kiritib olgan maranlar (xristianlikni qabul qilgan yahudiylar)ning chet ellarga ketib qolishi sababli P. iqtisodiyoti tushkunlikka uchray boshladi. 1581—1640 y.larda P. Ispaniya hukmronligida buldi. 18-a. boshida P. iqtisodiy va siyosiy jihatdan Angliyaga butunlay karam bulib qoldi. 1750 y.dan mamlakatda "maʼrifiy absolyutizm" ruhidagi islohotlar tufayli bir muncha iqtisodiy va siyosiy jonlanish boshlangan bulsa ham, 1777 y.dan key-in bu isloxrtlar bekor qilindi. 1807 y.da Napoleon 1 qoʻshinlari P.ni bosib oldi. 1811 y.da fransuz bosqinchilari haydab chiqarildi, biroq mamlakat 1820 y.gacha ingliz bosqinchilari zulmi ostida qoldi. 1820 y. P. inqilo-bidan soʻng islohotlar utkazildi. 1821 y. taʼsis korteslari qabul qilgan liberal konstitutsiya zamindorlarning imtiyozlari va inkvizitsiyani bekor qildi. Sanoat korxonalari, jumladan, toʻqimachilik f-kalari barpo etildi, 1853 y.dat.y. ishga tushirildi. Ammo P. 20-a. boshlarida ham qoloq mamlakatligicha qolaverdi.
 
1926 y. 28 mayda hokimiyatni fashistlar egalladi. 1911 y. konstitutsiyasi bekor qilindi, parlament tarqatib yuborildi. 1932 y. davlat toʻntarishi boʻlib, A. di Oliveyra Salazar butun hokimiyatni koʻlga oldi. 1933 y. "yangi davlat" konstitutsiyasi joriy qili-nib, unda fashistik diktatura krnunlashtirildi. Barcha muxolifat partiyalar faoliyati man qilindi. Mustamlakalarda ham siyosiy zulm kuchaytirildi. 2-jahon urushida P. betaraf turdi. Urushdan keyin mamlakatda demokra-tik harakat kuchaydi. Mustamlakalarda ozodlik harakati avj oldi. Mustamla-kachilik urushi P. iqtisodiyotini juda zaiflashtirib quydi. Mamlakatda, hatto armiya safida ham norozilik kay-fiyati tarkaldi. 1974 y. 25 apr.da fashizm diktaturasi barham topdi va hokimiyat general di Spinola boshliq Milliy najot kengashi qoʻliga oʻtdi. Siyosiy faoliyatga birmuncha erkinlik berildi. Gvineya-Bisau, Mozambik, Yashil Burun o.lari (hoz. Kot-d’Ivuar), San-Tome va Prinsipi o.lari va An-golaga mustaqillik berildi. 1976 y. qabul qilingan konstitutsiya fuqarolarning ijtimoiy va demokratik huquklarini kafolatladi. Ammo mamlakat hukumatlari tez-tez oʻzgarishi siyosiy beqarorlikdan darak berardi. 1982 y. noyab.danoyabrda konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartishlar hokimiyat vazifalarini oqilona taqsimlash orqali mamlakatdagi siyosiy holatni barkarorlashtirdi. P. — 1955 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 16 yanvarda tan oldi va 1992 y. 13 avg .da diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi. Milliy bayrami — 10 iyun — Portugaliya kuni (1580).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Xalq monarxiyachi partiyasi, 1974 y. tuzilgan; Xalq partiyasi, 1995 y. tashkil etilgan; P. kommunistik partiyasi, 1921 y. asos solingan; Sotsial-demokratik partiya, 1974 y. tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1973 y. asos solingan. Portugal mehnatkashlari umumiy konfederatsiyasi— Milliy intersindikal, 1970 y. tashkil etilgan. P. mehnatkashlari umumiy itti-foqi, 1979 y. tuzilgan, Xalkaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi tarkibiga kiradi.