Qatar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 18:
 
== Tarixi ==
Qatar ya.o.da aholi mil. av. 3—2-ming yillikdan yashab kelgan. Q.ni bir necha marta Sosoniylar egallagan. 7—10-asrlarda Arab xalifaligi tarkibida boʻlgan. 10-asrdan Qarmatlar davlatiga kirdi. 13^14-asrlarda Bahrayn amirligi hukmronligi ostida boʻldi. 16-asr boshlarida portugallar, keyinroq usmonli turklar bosib oldi. 18-asrning 2-yarmida Q. hududida Soniy sulolasi boshchiligidagi kichik sultonlik tashkil etildi. Bu sulola 19-asrning oxirida Q.ni birlashtirdi. 1871 — 1914 yillarda Q. yana Usmonli turk imperiyasi hukmronligi ostida boʻldi. 1916—71 yillarda Buyuk Britaniya protektorati. 1971 yil 1 sentyabrda mustaqil davlat deb eʼlon qilindi. Q. — 1971 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 3 sentyabr — Mustaqillik kuni (1971). OʻzR suverenitetini 1991 yil 30 dek.da tan olgan va 1997 yil 27 noyab.dannoyabrdan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Q.da siyosiy partiya va kasaba uyushmalari yoʻq.