Sabzi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa) Yangi maqola yaratildi |
DastyorBot (munozara | hissa) k noyab. → noyabr |
||
Qator 1:
'''Sabzi''' (Daucus) — soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Sning 60 dan ortiq turi bor. Bir turi (D. carota) — madaniy S. ekiladi. Bu tur Gʻarb (Oʻrta Yer dengizi havzasidan kelib chiqqan 4 turxil — karotinli, sariq, oq, binafsharang Slar) va Osiyo (Afgʻoniston va unga yaqin hududlardan kelib chiqqan 6 tur xil — sariq, binafsharang , qizil, toʻq binafsharang , pushti, oq Slar) kenja turiga boʻlinadi.
Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda karotinli navlari yetishtiriladi. Dehqonchilikda mil. av. 2ming yillikdan maʼlum. Xitoy, Fransiya, Italiya, Rossiya va b. mamlakatlarda koʻp ekiladi. Jahon boʻyicha S. ekin mayd. 861 ming ga, yalpi hosili 18,4 mln. t, hosildorligi 214,3 s/ga (1999). S. 1-yili barg chiqarib, ildizmeva beradi, 2-yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. S. namsevar (ayniqsa, unish, gullash va ildiz-meva tugish davrida), yorugʻsevar, sovuqqa chidamli oʻsimlik (maysalari — 2° ga chidaydi). Urugʻi 4—5° da unib chiqadi. 18—20° da yaxshi rivojlanadi. Oʻsuv davri 80—110 kun. Osiyo kenja turiga kiradigan S. barglari yaproqli, 3 karpa patsimon qirqilgan. Guli 2 jinsli, toʻpguli murakkab soyabon, hasharotlar yordamida changlanadi. Urugʻi mayda, 1000 donasi 1—1,5 g . Ildizmevasi sersuv, naviga qarab dumaloqroq, silindrsimon, rangi sariq, oq va baʼzan qizgʻish, och kizil, uz. 8—17 sm, vazni 30—200 g va undan ortiq. Sabzisi (ildizmevasi)da 10—12 % qand, 9,2% uglevodlar, 1,1% azotli moddalar va S, V,, V2, RR vitaminlari, 9,0 (20—25 gacha) mg% karotin bor. S. inson oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrinda turadi. Xashaki navlarining ildizmevasi rangi oq, asosan, chorvachilikda ozuqa sifatida ishlatiladi. 100 kg ildizmevasida 14 ozuqa birligi, 0,8 kg hazm boʻluvchi protein, 80 g kalsiy, 50 g fosfor bor. S. oziq-ovqat va shirali ozuqa sifatida, shuningdek, boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. S. bir yilda 3 marta ekiladi. Ertagisi fev. oxiri—mart boshlarida, yozgisi 15 iyun—15 iyulda, qishkisi
Zararkunandalari: sabzi pashshasi, kuyalar, oʻtloq parvonasi.
|