Saudiya Arabistoni: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 34:
Natijada chegara, yaʼni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924—25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qoʻshib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Madina qoʻlga kiritildi. 1926 y. yanvar da u oʻzini Hijoz podshosi, Najd va b. qoʻshib olingan viloyatlarning sultoni deb eʼlon qildi. 1927 y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur boʻldi. 1932 y.dan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan boʻldi. 1934 y. S.A. va Yaman oʻrtasida boʻlib oʻtgan va Yamanning magʻlubiyati bilan tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Najdning bir qismini oʻz tarkibiga kiritdi.
 
2-jahon urushi davri (1939—45) da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) bilan diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A. da AQSH taʼsiri kuchaya boshladi. 1943 y. AQSH Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi va S.A. ga lendliz (biror shart bilan qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning ARAM KO neft kompaniyasi 1972 y.ga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 y. Saud amaldagi hokimiyatni amir Faysalga topshirishga, 1964 y. 2 noyab.danoyabrda esa Faysal foydasiga taxtdan voz kechishga majbur boʻddi. Faysal hukumati xalq xoʻjaligi (yangi sanoat korxonalarini barpo etish va h.k.), xalq taʼlimi sohasida bir qancha islohotlar oʻtkazdi. 1960y.larning 2-yarmidan S.A. tashqi siyosati 2 xil yoʻnalishda boʻldi. Bir tomondan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizmga qarshi harakatni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, ikkinchi tomondan Isroil agressiyasiga duchor boʻlgan arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 y.gi Yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. oʻz qoʻshinlari bilan arab mamlakatlari tomonida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik sharti bilan moliyaviy yordam berdi; Isroilni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSH, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha toʻxtatib qoʻydi. 1974 y. okt. oyida Rabotda boʻlib oʻtgan arab mamlakatlari rahbarlarining konferensiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 y. 25 martda podshox. Faysal oʻldirilgach, uning oʻrniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh boʻddi. 1982 y. iyunda PodshohXolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning oʻrniga Faxd bin Abdulaziz taxtga oʻtirdi. S.A. — 1945 y.dan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 y. fev,da oʻrnatgan. Milliy bayrami — 23 sent. — Podshohlik eʼlon qilingan kun (1932).
 
Xoʻjaligi. Iqtisodiyotining asosi — neft va gaz sanoati. 2-jahon urushiga qadar S.A. xoʻjaligida chorvachilik ustun boʻlgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daromad 5 y.lik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablagʻ ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, q.x. ulushi 6%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 41% ni tashkil etadi. I.ch. yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga toʻgʻri keladi.
Qator 70:
Oʻzbekiston — S.A. munosabatlari. 1992 y. fev.da S.A. tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud alFaysal bin Abdulaziz Ol Saudning Oʻzbekistonga, oʻsha yil apr.
 
da OʻzR Prezidenti I. A. Karimovning S.A. ga tashrifidan soʻng 1992 y. noyab.noyabr
 
da Jidda sh.da OʻzR konsulxonasi, may oyida ArRiyodda elchixonasi, 1997 y. 27 martda Toshkentda S.A. elchixonasi ochildi. 1995 y. noyab.noyabr da OʻzR Tashki ishlar vazirining S.A. ga qilgan tashrifi davomida Oʻzbekiston bilan S.A. oʻrtasida savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitim imzolandi.
 
1996 y. apr.da ArRiyodda OʻzR Prezidenti I.A. Karimovning "Oʻzbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yoʻlida", 1998 y. martda "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarlari arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti oʻtkazildi.