Somali: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 23:
 
== Tarixi ==
S hududi qadimda Punt deb atalgan, bu yerda paleolit davridayoq manzilgohlar boʻlgan. Mil. 1-a.da yirik shaharlar paydo boʻlib, ularning aholisi arab, hind va yunonlar bilan savdo qilgan. 7—8-a.larda musulmon arablar koʻchib kela boshlagan. 12—16-a.larda Zeyla (Adal), Ifat, Hadya va b. sultonliklar boʻlgan. 16-a. oxiri — 17-a. boshlarida ular mayda amirliklarga boʻlinib ketgan. 17—19-a.larda S hududining bir qismi Ummon, Zanjibar sultonligi, Turkiya qoʻl ostida boʻlgan. 19-a. oxirida Somali ya.o.ni qoʻlga kiritish uchun Yevropa davlatlari oʻzaro kurash boshladi. 20-a. boshlariga kelib S. uch davlat (Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya) mustamlakasiga aylandi. Mustamlakachilik hukmronligiga qarshi 1899—1920 y.larda bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarildi. 2-jahon urushi vaqtida Italiya armiyasi Britaniya S.sini bosib oldi. 1941 y. boshlarida ingliz askarlari bu yerlardan Italiya armiyasini surib chiqarib, okkupatsiya tartibini oʻrnatdi. Urush yillarida dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Urushdan soʻng milliy ozodlik harakati avj oldi. 1960 y. sobiq Britaniya va Italiya S.lari birlashib, mustaqil S. Respublikasi tashkil etildi. Ammo mamlakatda turli kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro kurash toʻxtamadi. 1969 y. harbiy toʻntarish sodir boʻldi, prezident A. A. Shermark oʻldirildi. S. Demokratik Respublika deb eʼlon qilindi, hokimiyat harbiylar qoʻliga oʻtdi, general Muhammad Siad Barre prezident boʻldi. Bir qancha ilgʻor islohotlar oʻtkazildi. 1991 y. yanvarda hukumat qoʻshinlari bilan muxolifatchi guruhlar oʻrtasidagi qurolli toʻqnashuvlar natijasida Birlashgan S. kongressi (BSK) hokimiyatni qoʻlga oldi, prezident M. S. Barre lavozimidan chetlatildi, Ali Mahdi Muhammad muvaqqat prezident etib tayinlandi. Oʻsha yil noyab.danoyabrda BSK fraksiyalari oʻrtasida mojaro chiqdi. General Muhammad Farah Aydid boshchiligidagi fraksiya muvaqqat prezident tarafdorlariga qarshi qurolli harakat boshladi. Urugʻqabilachilikka asoslangan guruhlarning mojarosi mamlakatda davlat hokimiyatining barbod boʻlishiga olib keldi. 1992 y. oktyabrda S. shimolida BMT tinchlikparvar kuchlari joylashtirildi. 2000 y. may — avg . oylarida Jibutining Arta sh.da Afrika va Yevropa davlatlari vositachiligida oʻtkazilgan anjumanda S.dagi turli urugʻlarning vakillari Oʻtish milliy majlisi — parlamentni sayladilar, shu parlament mamlakatning muvaqqat prezidentini sayladi. S. — 1960 y.dan BMTaʼzosi. Milliy bayrami — 1 iyul — Mustaqillik kuni (1960).
 
Siyosiy partiyalari va guruhlari, kasaba uyushmalari. Birlashgan S. kongressi, harbiy-siyosiy guruh, 1989 y. tuzilgan; S. inqilobiy sotsialistik partiyasi, 1976 y. taʼsis etilgan; S. milliy alyansi, harbiy-siyosiy guruh, 1992 y. tashkil qilingan. S. kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1977 y. tuzilgan.