Pyotr Stolipin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Stolipin Pyotr Arkadyevich''' (1862.5.4, Drezden — 1911.5.9, Kiyev) — Rossiya davlat arbobi. Peterburg universitetini tugatgan (1884). 1889 y.dan Rossiya Ichki ishlar ministrligida xizmat qilgan. Grodno (1902), Saratov (1903—06) gubernyalari gubernatori, Rossiya Ichki ishlar ministri (1906 y. 26 apreldan), ayni paytda Ministrlar Soveti raisi (1906 y. 8 iyundan). S. hukumat raisi boʻlgach, Rossiya qishloq xoʻjaligi. asosida uning iqtisodiyotini tubdan isloh qilish gʻoyasini amalga oshirishga kirishdi. Rossiyada krestyanlar (dehqonlar)ga qishloq jamoasidan ajralib chiqib, ularga alox.
 
ida chek yerlari (tomorqa) ajratilishi haqidagi farmon (1906 y. 9 noyab.noyabr), uning asosida III Davlat dumasining qonuni (1910 y. 14 iyun) qabul qilingach, islohotlar boshlandi. S. tashabbusi va uning ishtirokida tayyorlangan islohotlar Stolipin islohoti sifatida mashxur boʻlgan. Unga koʻra, dehqonlarga ajratilgan chek yerlarni sotib olish va sotishga ruxsat berildi. Islohot davomida yer tuzish ishlarida asosiy eʼtibor dehqonlarning chek yerlarida xutorlar tashkil etishga qaratilgan. Islohotdan koʻzda tutilgan yana bir maqsad Rossiyaning markaziy gubernyalaridan dehqonlarni Sibir, Ural, Oltoy, Turkiston va b. chekka oʻlkalarga koʻchirish boʻlgan.
 
Podsho Rossiyasining koʻchiruvchilik siyosati oqibatida S. islohoti paytida Turkiston oʻlkasida rus Agʻolisining soni 20-a. boshlarida 197 420 kishiga yetgan (19-a. oxirlarida ular 70 745 kishi boʻlgan), ularning aksariyati hoz. Qozogʻiston va Qirgʻiziston hududlariga, Fargʻona vodiysiga joylashtirilgan.