Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 26:
S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-a.
 
dan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming y.likda jan.dan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-a.larda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-a.da xristianlik tarqala boshladi. 7-a.ga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-a. oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shim. va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-a. oxiri — 16-a. boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va b.) vujudga keldi. 1820—22 y.larda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-a.ning 60y.lari oxiri — 70y.lar boshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (q. [[Mahdiychilar qoʻzgʻoloni]]). 1899 y. inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. 2-jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955 y. noyab.danoyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956 y. 1 yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 y.larda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969 y. davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972 y. S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 y.lik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980 y.dan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, jan.da yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985 y.da Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986 y.da S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989 y. harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993 y. Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999 y. 1 yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000 y. 13—22 dek.
 
da prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 yanvar — Mustaqillik kuni (1956). OʻzR suverenitetini 1991 y. 30 dek.da tan olgan.