Tanzaniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 10:
 
== Tabiati ==
T.ning sharqida, 900 km ga choʻzilgan Hind okeani qirgʻogʻida mayda qoʻltiklar bor. Hududning katta qismi Sharqiy Afrika yassitogʻligida joylashgan. Yassitogʻlikning sharkiy chekkasida Pare (eng baland joyi 2464 m), Usambara (2570 m), Uluguru (2653 m) va b. toglar bor. Sharkiy Afrika uzilmasida (bal. 1000 m) kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Soʻngan (Kilimanjaro, bal. 5895 m) va harakatdagi vulkanlar bor. Togʻ etagi bilan Hind okeani sohilidagi pastgekisliklar orasida yassi plato (200—500 m) joylashgan. Oltin, olmos, platina, nikel, mis, rux, kobalt, uran, qoʻrgʻoshin, volfram konlari aniklangan. Iklimi ekvatorial mussonli, issiq. Eng issiq oy (okt. yoki noyab.noyabr)ning oʻrtacha trasi yassitogʻlikning ichkarisida 20—22°dan 25— 27° gacha, eng sovuq oy (iyul yoki avg).ning oʻrtacha trasi 12—15°dan 20—22° gacha. Togʻlarda balandlik mintaqalari mavjud. Yillik yogʻin 500—700 mm dan 1000—1500 mm gacha, eng kupi bilan 1500 mm atrofida. Boshqa davlatlar bilan boʻlgan chegaralarda Viktoriya, Tanganika, Nyasa koʻllari bor. Asosiy daryolari — Pangani, Rufiji, Ruvuma. Qurgʻoqchil mavsum 5—7 oy. Tuproklarining aksariyati jigarrang-qizil (ferralit va alferrit), eng qurgʻoqchil joylarda qizilqoʻngʻir, baʼzan shoʻrlangan tuproqlar. Sohil va ayrim botiqlarda qora gidromorf tuproqlar uchraydi. Hayvonot dunyosi turlituman: fil, qora karkidon, begemot, buyvol, zebra, jirafa, yirtqichlardan arslon, qoplon, sirtlon, chiyaboʻri, pavian maymunlari va b. Timsoh va ilonlar ham uchraydi. Qush koʻp. Serengeti, Ngorongoro, Arusha, LeykManyara, Mikumi, Ruaxa, Kilimanjaro, Rungva milliy bogʻlari va qoʻriqxonalari bor. Mamlakat jan.dagi Selus milliy bogʻi dunyodagi eng katta milliy bogʻlardan biridir.