Tolerantlik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
{{Maʼnolari|Tolerantlik (maʼnolari)}}
'''Tolerantlik''' (lot. tolerantia — sabrtoqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulqatvori, odatlari, histuygʻulari, fikrmulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hoz. dunyoda T. oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va b. jamiyatda T. tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirihdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqarohuquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. T.ni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. T.ni har tomonlama qoʻllabquvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995 y. 16 noyab.noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan T. munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo T.ning yaqqol namunasidir.
 
== Adabiyot ==