Turkiston muxtoriyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 1:
'''Turkiston muxtoriyati''' - Turkiston mintakasidagi dastlabki demokratik hukumat (1917 y. 27 noyab.noyabr — 1918 y. 19 fev.).
 
Qoʻqonda boʻlib oʻtgan Butun Turkiston musulmonlarining favqulodda 4qurultoyi (1917 y. 26—28 noyab.noyabr)da tashkil topgan. Qurultoy Turkiston oʻlkasini Rossiya Federativ Respublikasi tarkibida hududiy jixatdan muxtor deb eʼlon qildi. Shuningdek, Taʼsis Majlisi chaqirilgunga qadar hokimiyatni Turkiston Muvaqqat kengashi va Turkiston Milliy [Millat] Majlisi qoʻlida boʻlishi kerak deb hisobladi. Markazi—Qoʻqon sh.
 
Kurultoyda Turkiston Muvaqqat Kengashi aʼzolaridan T.m. hukumati (8 kishidan iborat) tuzildi. Yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar koʻrsatilishi uchun ularga ham yana 4 oʻrin ajratildi. Hukumat tarkibiga Muhammadjon Tinishboyev (Bosh vazir va ichki ishlar vaziri), Islom Sulton oʻgʻli Shoahmedov (Bosh vazir oʻrinbosari), Mustafo Choʻqay (tashqi ishlar vaziri), Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev (harbiy vazir), Hidoyatbek Yurgʻuli Agayev(yer va suv boyliklari vaziri), Obidjon Maxmudov (oziq-ovqat vaziri), Abdurahmon Oʻrazayev (ichki ishlar vazirining oʻrinbosari), S.A.Gersfeld (moliya vaziri) kiritildi. Keyinchalik hukumat tarkibida ayrim oʻzgarishlar yuz berdi. M. Tinishboyev Apash Oʻrda Muxtoriyati faoliyatida qatnashish uchun Orenburgga joʻnab ketgach (1917 y. dek.), Mustafo Choʻqay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi. I. Shoahmedov moliya vaziri (S. Gersfeld oʻrniga), Potelyaxov oziqovqat vaziri (O. Mahmudov oʻrniga), O. Mahmudov adliya vaziri, Nosirxon Toʻra maorif vaziri, Saidnosir Mirjalilov hukumat xazinachisi lavozimlarini egallashdi. Savodsiz bolshevik komissarlardan farkli ravishda hukumat aʼzolari chuqur maʼlumotli taraqqiyparvar ziyolilar boʻlib, ulardan 5 nafari huquqshunos edi.