Xakasiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 7:
Aholisi xakas, rus, ukrain, tatar, nemis, mordva va b. Shahar aholisi 70,8%. Davlat tillari — xakas va rus tillari. Dindorlarning aksariyati pravoslavlar. Shaharlari: Abakan, Chernogorsk, Sayanogorsk.
 
Tarixi. X. hududida paleolit davridan odam yashagan. 17-a. oxirida X.da yashovchi kabilalarda mayda xonliklar paydo boʻlgan. 17—18-a. boshlarida bu xonliklarni Rossiya bosib olib, oʻz tarkibiga qoʻshgan. 19-a. oʻrtalarida X. hududida tovarpul munosabatlari vujudga kela boshladi. Yenisey guberniyasining asosan xakaslar yashaydigan Minusinsk uyezdida 1917 y. noyab.danoyabrda shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. Bu yerda shoʻro hokimiyatini tan olmagan xakaslar bilan "qizil"lar oʻrtasidagi kurash 1923 y.gacha davom etdi. 1923 y. oxirida Xakaslar milliy uyezdi tuzildi. 1925 y.da u okrugga aylantirildi. 1930 y. 20 okt.da Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida X. muxtor viloyati tashkil etildi. 1991 y. iyuldan X. SSR, 1992 y. fev.dan Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi X. Respublikasi.
 
Xoʻjaligi. Yalpi mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 48,8%, q.x. 7,9% ni tashkil etadi. Asosiy sanoat tarmoklari: rangli metallurgiya, elektr energetikasi, mashinasozlik, yengil va oziqovqat sanoati, qora metallurgiya, binokorlik materiallari sanoati, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyulozaqogʻoz, kimyo va neft kimyosi sanoati. Toshkoʻmir (Minusinsk koʻmir havzasi), temir rudasi (Abakan koni), gips, ohak, marmar kazib olinadi. Sorskda molibden, Abaza, Chernogorsk, Askiz, UstAbakanda oʻrmon va yogochsozlik korxonalari, UstAbakanda gidroliz zavodi, Chernogorskda qurilish materiallari korxonalari mavjud. Abakanda vagon, konteyner va avtokran zavodlari, poyabzal va trikotaj fkalari, goʻsht, un ktlari, sut va sharbatvino zavodlari, konditer fkasi bor. Yenisey daryosida SayanShushensk va Mayna GESlari qurilgan; Chernogorsk GRES, Abakan TETS ham bor.