Xorazm Xalq Sovet Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k apr. → aprel
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 5:
1920 y. 26 — 30 aprelda Butun Xorazm xalq vakillarining 1 qurultoyida Xorazm Xalq Sovet Respublikasi — XXSR tuzilganligi tantanali ravishda eʼlon qilingan. Qurultoyda 15 kishidan iborat XXSR hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi (raisi P. Yusupov) tuzildi.
 
XXSRning yosh hukumati BXSR, Turkiston ASSR, RSFSR davlatlaridan tashqari Finlyandiya, Shvetsiya, Germaniya, Turkiya, Afgʻoniston, Eron kabi xorijiy davlatlar bilan ham mustaqil ravishda savdosotiq va iqtisodiy aloqalarni olib borishga harakat qildi. Mac, 1921 y. 24 noyab.danoyabrda Afgʻonistonga qozikalon Bobooxun Salimov boshchiligida maxsus elchilik hayʼati joʻnatilgan. Xususan, Finlyandiya bilan savdosotiq aloqalari samarali boʻlgan.
 
1920 y. 13 sent.da Moskvada RSFSR bilan XXSR oʻrtasida 24 moddadan iborat Ittifoq shartnomasi va 15 moddadan iborat iqtisodiy bitim tuzilgan. Ittifoq shartnomasiga binoan, sovet Rossiyasi XXSR mustaqilligi va daxlsizligini rasmiy surʼatda tan olgan. Ittifoq shartnomasining 17moddasi asosida alohida harbiysiyosiy bitim ham tuzilgan. Unda Xorazm qizil armiyasi RSFSR homiyligi ostida tuzilishi taʼkidlangan.
Qator 27:
Oʻrta Osiyo Iqtisodiy Kengashi (Sredaz EKOSO)ning tazyiqi natijasida 1923 y. yozida Xorazmdagi milliy valyuta RSFSR rubliga (10 Xorazm soʻmiga 1 RSFSR rubli nisbatida) almashtirilgan edi. 1924 y.dan boshlab Xorazm Respublikasi ham xuddi BXSR singari SSSRning yagona bank va moliya tizimiga toʻliq tortildi. XSSR armiyadan keyin davlat mustaqilligini muhim timsoli boʻlgan milliy valyutadan ham mahrum qilindi.
 
Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi (1924 y. 29 okt. — 2 noyab.noyabr) Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish munosabati bilan XSSR tugatilishini eʼlon qildi. XSSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. XSSRning qolgan hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida)ga qoʻshildi. 1924 y. 23 noyab.danoyabrda XSSR MIK va 30 noyab.danoyabrda Xalq Nozirlar Shoʻrosi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
 
== Adabiyot ==