Yangi Zelandiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k noyab. → noyabr
Qator 37:
Teatri. 1930-y.larda opera va drama havaskorlari truppalari, 1950 yillarning boshida koʻchma professional truppalar ("Nyu Zilend pleyers", "Sautern komedi pleyers", "Daunsteyj", "Komyuniti arts servis tietr") paydo boʻldi. 1960 yil professional yangi zeland baleti vujudga keldi. Oklend shahrida yarim professional "Sentral tietr", Danidinda xususiy "Glob tietr" teatrlari ishlaydi. Rej. lar S.Birn, R.Barker, K.Ketkart, aktyorlar R.Stoun, D.Fermeyd, dramaturglar J.Bakster, J.Koppard, A.Kernou mashhur.
 
Kinosi. 1898 yil dastlabki qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan. 1912 yil Vellingtonda "Neeshenal film yunit" davlat kinostudiyasi tashkil etildi. 1-jahon urushi yillari (1914—18) harbiy xronika, 20-asrlarda, asosan, qisqa metrajli filmlar yaratildi. Badiiy kinematografiyaning asoschisi rej. R.Xeyuorddir ["Doʻstlik yoʻllari boʻylab" (1936), "Maorilarni sevish" (1972) filmlari]. 1936 yil ingliz kinorej. J.Grirson yordami bilan bir qancha hujjatli filmlar yaratildi. Badiiy filmlardan "Bardosh bera olmagan toʻsiq" (rej.lar R.Mayrams va J.O’shi), "Testlar uchun suratchalar" (rej. D.Stivens), "Farzandlar qaytmoqda" (1980, rej. P.Monder) kabi filmlar diqqatga sazovorOʻzbekiston — Ya.Z. munosabatlari. Ikki davlat oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil 19 martda oʻrnatilgan boʻlishiga qaramay, Ya.Z.ning geografik jihatdan uzoqda joylashganligi mamlakatlar oʻrtasidagi savdoiqtisodiy munosabatlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda. 2004 yil yanvar — noyab.danoyabrda OʻzR bilan boʻlgan tovar aylanmasi 210,2 ming AQSH dollarini, undan eksport 20,3 ming , import 189,9 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Oʻzbekistonda "SHʼyek .1e\uye11egu" Oʻzbekiston — Ya.Z. qoʻshma korxonasi bor. Ya.Z. hukumati oʻz mamlakatidagi oliy oʻquv yurtlari magistraturasida taʼlim olish uchun oʻzbekistonlik 4 talabaga moliyaviy yordam koʻrsatdi. Shuningdek, kam taʼminlangan oila ayollari taʼlimi uchun Samarqand tadbirkor ayollar assotsiaiiyasiga 5 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi.
 
<gallery>