Antropologiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k un-t → universitet
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Antropologiya''' — (antropo … va … logiya) — odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.A.ga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-a.ning 2-yarmidan shakllana boshladi. A.ning muhim sohasi — odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi — „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom b-n 20-a. o‘rtalaridan boshlab rivojlan-di. Odamning paydo bo‘lishida faqat ta-biat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hoz.hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimo-iy jamiyatning rivojlanish qonuniyati b-n chambarchas bog‘langan. A.ning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, A. quyidagi uchta katta bo‘limdan ibo-rat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropoge-nez; 3) irqshunoslik (etnik A.)- Morfo-logiya odamning jismoniy tuzilishida-gi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irkla-rining kelib chiqish davri va sababla-rini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechish-ga ham o‘z hissasini qo‘shadi. A. o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. A. biol. fa-nining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.Turkiston o‘zining geografik o‘rniga ko‘ra uzoq o‘tmishda murakkab irqiy va etnik jarayonlarni boshidan kechirgan, shuningdek qo‘shni xalqlarning ham ta-rixiy taqdirlarini belgilab berish-da katta rol o‘ynagan. Bu o‘lka, xususan O‘zbekiston xalqlarini antropologik jihatdan o‘rganish 20-y.larda rivoj-landi. Bu ishda O‘rta Osiyo davlat universiteti antropologiya kafedrasi asoschisi va do-imiy rahbari L. V. Oshaninning xizmati katta bo‘ldi. Uning rahbarligida Turki-ston bo‘ylab 29 antropologik ekspedi-siyalar uyushtirildi. L. V. Oshanin va uning shogirdlari (V. Ya. Zezenkova, Q. N. Najimov)ning saʼy-harakatlari natija-sida Turkiston antropologik jihatidan 3 viloyatga ajratildi. Amudaryo va Sir-daryo oralig‘ida yashovchi o‘zbeklar va to-jiklar yer yuzidagi mavjud uch irqning (yevropeoid, negroid va mongoloid) biri — yevropeoid irqining „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ga mansub deb topil-di. Moskvalik antropolog A. I.Yarxo bu irqni „Pomir-Farg‘ona tipi“ deb atadi. Farg‘ona vodiysidagi Selungur va Surxondaryodagi Teshiktosh g‘orlaridan topilgan qad. ajdodlarimiz qoldiqlari tufayli O‘zbekiston Afrika va Old Osiyo hududlari b-n bir qatorda, 565hoz. zamon odamlarining paydo bo‘lishi jarayoni yuz bergan hududlar tarkibiga kiritildi va bu xulosa fanda uzil-kesil isbotlangan. O‘zbek xalqiga xos „O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i tipi“ning shak-llanish davri, makoni va tarixi masala-larida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irqiy tip bundan 6 — 8 ming yil ilgari shakllan-di desa, boshqa bir guruh mutaxassis-lar bu voqea bundan 3 ming yil ilgari sodir bo‘ldi deyishdi. Uchinchi guruh olimlari esa uni 16-a.da shakllandi deb hisoblar edilar. O‘zbek antropologlari (T. Xo‘jayov)ning uzoq yillik izlanish-lari natijasida, juda boy antropologik materiallar asosida bu tip bundan 2200 — 2300 yil ilgari shakllana boshlagan-ligini isbotladilar (q. O‘zbeklar).Ad.: Oshanin L. V., Antropologiche-skiy sostav naseleniya Sredney Azii i etnogenez yeyo narodov, ch. 1 — 3, Yerevan, 1957 — 59 (Trudi Sredneaz. Gos. universiteta, Nov. ser, vip. 96 — 98; Istoricheskiye nauki kn. 16 — 18); Xo‘jayov T. K,., Xo‘jayova G. K,., O‘zbek xalqining antro-pologiyasi va etnik tarixi, T., 1995; Ma-teriali k etnicheskoy istorii naseleniya Sredney Azii, T., 1986.
 
{{stub}}