Avstraliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k yanv. → yanvar
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 7:
A.— Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. A.ning amaldagi Konstitutsiyasi 1901 y.da qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan — federatsiya. Davlat boshlig‘i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyat ikki palata-li (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 y. muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 y. muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 y.da yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. A. ning har bir shtati o‘z kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.Tabiati — q. [[Avstraliya (materik), Tasmaniya oroli]].
== Aholisi ==
A. hoz.hozirgi aholisining aso-siy qismi — Britaniya o.laridan ko‘chib kelganlarning avlodlari — inglizlar, irlandlar, shotlandlar bo‘lib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil eta-di (q. Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar A. aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va b. ham yashaydi. Bir necha yuz o‘zbek bor. Ras-miy tili — ingliz tili. Aholining o‘rtacha zichligi — 1 km2 ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materik-ning sharqiy va jan.-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining — 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
== Tarixi ==
18-a.gacha A. aborigenlari ib-tidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi bo‘lib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelgan-lar. Yangi qit’ani o‘rganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788 y.da A. Angliya hududi deb e’lon qilindi.19-a.ning 20-y.laridan boshlab A.da qo‘ychilik rivojlandi, 30-y.larda dast-labki sanoat korxonalari paydo bo‘ldi. 19-a.ning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851—61) munosabati bilan ko‘chib keluv-chilar ancha ko‘paydi. Angliya hukumati A. dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilar-ning 1854 y.dagi Evrika qo‘zg‘oloni va b. isyonlar) tazyiqi ostida 1855 y.da ular-ning ko‘pchiligiga o‘zini o‘zi boshqarish xuquqini berishga majbur bo‘ldi. 1901 y. A. dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga — A. Ittifoqiga bir-lashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906 y.da unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning jan.-sharqiy qismi), 1-jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qo‘shinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shim.-sharqiy qismi) va Nauru o. (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. 2-jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945 y.dan A.— BMT a’-zosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari — libe-ral va agrar (1975 y.dan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi bo‘ldi. Faqat 1949 y.gacha, 1972-75 y.larda va 1983 y.da hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yo‘ldan borish uchun bir qancha tadbir-larni amalga oshirdi. A. hukumati Na-uru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur bo‘ldi. 1991 y.da A. bilan O‘zR o‘rtasida diploma-tiya munosabatlari o‘rnatilgan. Milliy bayrami — A. kuni (26 yanvar).
Qator 27:
A. da 70 dan ko‘proq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji — 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma — Quyosh", 1990 y.dan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831 y.dan) eng salmoqli gaz. lar hisoblanadi. Asosiy axborot agent-ligi — Ostrelian assoshieyted press (1935 y.da asos solingan). 100 radiost-ya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923 y., teleko‘rsatuvlar 1956 y.dan yo‘lga qo‘yilgan.
== Adabiyoti ==
A. adabiyoti ingliz ti-lida (aborigenlarning o‘z yozuvi yo‘q). 19-a.ning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti ta’sirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-y.lardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va b. asos soldi. 1-jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga ko‘maklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Ten-nant, B. Penton va b.lar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik g‘oyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bun-ga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvg‘indagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va b. asar-lar misol bo‘ladi. Dramaturgiyada hoz.hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
== Meʼmorligi ==
A. da me’morlik 18-a. oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-a.ning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida sh.larida to‘g‘ri bur-chakli ko‘p qavatli uylar qurildi. 20-a.ning 20-y.laridan A. me’morligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913—1927, me’mor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (me’mor G. Zaydler), Melburn-dagi olimpiada stadioni (1956) va b. diqqatga sazovor.