Baliqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 4:
B. tana harorati beqaror, sovuqqon jonivorlardir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, baʼzan 0,5 — G ortiqroq boʻladi. Serharakat B. tana harorati muhit taʼsirida bir oz koʻtarilishi, mas, tez suzayotgan tunesda tana harorati suvnikidan 10° gacha yuqori boʻlishi mumkin. B. har xil haroratli suvda yashashga moslashgan. Tropik suvlarda yashovchi baliqlar 31" gacha boʻlgan suvlarda, karp tishli baliq Kaliforniyaning 52° li qaynar buloqlarida hayot kechiradi.
 
B. hoz.hozirgi umurtqalilar orasida eng xilma-xil hayvonlar boʻlib, barcha xordalilarning deyarli yarmini, yaʼni 20000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladi. B. 2 sinfga: togʻayli va suyakli B.ga ajratiladi. Koʻpchilik turlari (96%) suyakli B.ga kiradi. Oziqlanish usuliga koʻra plantofaglar, bentofaglar, detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga; koʻpayishiga binoan uvildiriq tashlovchi va tirik tugʻuvchilarga; yashash muhitiga koʻra dengiz va chuchuk suv baliqlariga; hayot kechirish xususiyatiga binoan oʻtkinchi va oʻtroq B.ga ajratiladi. Oʻtkinchi B. (losossimonlar, bakra, daryo ugori) hayotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda oʻtkazadi.
 
B. benihoya katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Har yili dengiz va okeanlardan bir necha oʻn mln. tonna B. ovlanadi. Ovlangan B.ning bir qismi toʻgʻridan-toʻgʻri ovqatga ishlatiladi, asosiy qismi qayta ishlanib, tuzlangan, dudlangan, muzlatilgan yoki konserva holida isteʼmol qilinadi. B.dan baliq moyi va baliq uni kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi.