Bugʻdoy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
en:Wheat bilan bogʻlandi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''BUGʻDOY''' (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz.hozirgi dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq B. yoki oddiy B. (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq bugʻdoy (T. durum) ekiladi. Qolgan turlari kam ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Koʻpgina B. turlari (ararat, maxa, Timofeev bugʻdoyi, urartu, fors bugʻdoyi va b.)ning vatani Zakavkazyedir.
 
B. Old va Oʻrta Osiyo mamlakatlarida mil. av. 7—6 ming yilliklarda maʼlum boʻlgan. 17-a.dan boshlab Shim. Amerikada ekila boshladi. B. Yer sharida shim.da 66° sh. k.da (Shvesiya), Rossiyada esa tajriba maydonlarida 76*44’ sh. k.da (Murmansk viloyati); jan.da Avstraliya, Jan. Amerika, Afrikaning jan. chegaralarigacha ekiladi. Jahonda B. ekiladigan mayd.lar 250 mln. gektarga yaqin boʻlib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% B.ga toʻgʻri keladi (oʻrtacha 360 mln. t dan ortiq). Asosiy gʻallakor mamlakatlar — Rossiya, Qozogʻiston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. Oʻzbekistonda 90-y.larning boshidan respublikaning gʻalla mustaqilligini taʼminlash uchun B. ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999).
Qator 11:
Agrotexnikasi. Sugʻoriladigan mintaqalarda kuzgi B.ni makkajoʻxori, gʻoʻza, kartoshka va b. dala ekinlaridan boʻshagan unumdor yerlarga ekish tavsiya etiladi. Nordon va shoʻrlangan tuproqda yaxshi oʻsmaydi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab (qator orasi 12— 15 sm) yoki tor qatorlab (qator orasi 7—8 sm) ekiladi. Ekish meʼyori — lalmi yerlarda gektariga 70—110 kg , sugʻoriladigan mintaqalarda gektariga 170—200 kg , ekish chuqurligi 4—6 sm; kuzgi B. chuqurroq ekiladi, ekish meʼyori 10—15% ortiq olinadi, uruglik ekish oldidan saralanib, dorilanadi. Oʻzbekistonning sugʻoriladigan sharoitida B. ekiladigan yerga ekish oldindan 10—15 t goʻng , 40—80 kg fosfor, 40—100 kg azot, kaliy solinadi, oʻsuv davrida ham ekinzor oʻgʻitlanadi, suvli yerlarda oʻsuv davrida 2—3 marta sugʻoriladi, Oʻzbekistonda pishib yetilgan bugʻdoyzorlar yoppasiga bir yoʻla gʻalla kombaynlari bilan oʻribyigʻib olinadi.
 
Navlari. Oʻzbekistonda 1937—96 y.larda B. boʻyicha 6 marta (1937—61; 194464; 196065; 196375; 197080; 198085; 199095) nav almashtirildi. B. boʻyicha urugʻlik va yangi B. navlarini yaratishda Milyutin (Gʻallaorol) davlat seleksiya st-yasi |1937; hoz.hozirgi Suvli yerlarda boshoqli va dukkakli ekinlar i. t. inti (Andijon sh.)ning Gʻallaorol filiali] muhim ishlarni amalga oshirdi. Sugʻoriladigan maydonlarda B.ning Qiltiqsiz (Bezostaya 1), Unumli bugʻdoy, Sete Serros, Sangzor 4, Intensiv, Yonbosh, lalmi yerlarda Kizil bugʻdoy (qad. jaydari nav). Kizil Shalola (Krasnovodopadskaya 210), Surxok 5688, Tezpishar va b. navlari ekiladi. 1995 y.dan Rossiyaning Krasnodar oʻlkasi, Ukrainadan keltirib ekilayotgan Skifyanka, Yuna navlari sugʻoriladigan maydonlarda gektaridan 50—70 s hosil berish imkoniyatiga ega. B. zararkunandalari: don tunlami, gessen pashshasi, koʻkkoʻz, shved pashshasi, hasva va b. Kasalliklari: qorakuya, qora zang , unshudring va b.
 
== Adabiyotlar ==