Chapek Karel: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 3:
CH. nomini, asosan, ijtimoiyfantastik mazmundagi asarlari dunyoga yoygan. Temirtan (robot; "robot" soʻzini Ch. oʻylab topgan)lar qoʻzgʻolonidan hikoya qiluvchi "R. V. R." (1920), "Mikropulosning quroli" (1922) dramalari, "Absolyut fabrikasi" (1922) va "Krakatit" (1924) romanlarida yuksak insonparvarlik borasidagi oʻymushohadalarini bayon etgan. "Adamsavdogar" pyesasi (1927; akasi bilan hamkorlikda), "Choʻntakdagi hikoyalar", "Boshqa choʻntakdagi hikoyalar" (1929) oʻtmishdagi adabiy va diniy syujetlar asosida yozilgan. "Apokriflar"da ana shu holat seziladi. "Gordubal", "Meter", "Oddiy hayot" (1933—34) romanlarini qamrab olgan trilogiyasi noinsoniy urfodatlar, fashizm reaksiyasiga qarshi kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan. "Salamandrlar bilan jang" (1916) romani Ch. ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Unda umuminsoniy qadriyatlar fashizmning irqiy nazariyasi va siyosatiga, gʻayriinsoniy munosabatlarga qaramaqarshi qoʻyilgan. Ayni shu gʻoyalar "Oq kasallik" (1937), "Qutqaruvchi" (1937), "Ona" (1938) kabi qissa va dramalarida ham davom ettirilgan.
 
CH. hoz.hozirgi zamon ijtimoiy fantastikasiga samarali taʼsir koʻrsatgan, uning badiiy olamini boyitgan.
 
== Manbalar ==