Dehqonchilik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k in-t → institut
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 23:
da, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b. oʻstirilgan.
 
20-a. boshlariga qadar Oʻrta Osiyoda, xususan hoz.hozirgi Oʻzbekiston hududida D.ning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv D. tizimi qoʻllanilgan. Barcha q.x. ekinlari, jumladan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qoʻl kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6—7 s dan oshmas edi. Asosiy ulov — ot, hoʻkiz, tuya, q.x. qurollari — omoch, ketmon, oʻroq, yogʻoch moladan iborat boʻlgan, mineral oʻgʻitlar umuman qoʻllanilmagan. 20-a.ning 20-y.laridan Oʻzbekistonda D.ning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba st-yalari, tajribatayanch xoʻjaliklari, i.t. va oʻquv institutlari tashkil etildi, D.da turli mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning ki-myoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning oʻzida oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. Oʻzbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy D. qilinadigan sugʻoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta koʻpaydi va 2000 y.ga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914 y.da 1809,5 ming ga). Q.x. ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida D. madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishning salmogʻi va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirildi, davlat nav va urugʻlik nazorati ishlari yoʻlga qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat q.x.da, shu jumladan D.da chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda D.ni olib borishning tashkiliy shakllari oʻzgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xoʻjaliklariga, soʻngra 1995 y.dan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va b.ga aylantirildi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi kabi yangi xoʻjalik yuritish shakllari paydo boʻldi, q.x. korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor berildi.