Efiop tili: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Qator 1:
'''Efiop tili''', geez, gez, giiz — somhom tillari oilasining som tarmogʻidagi efiopsom tillaridan biri; toshlar, qoyalar, sopol buyumlarda saqlangan yodgorliklar va nasroniy adabiyot bitilgan oʻlik til. Mil. av. 5-asrda Janubiy Arabistondan koʻchib kelgan aholining tili sifatida paydo boʻlgan va 4—7-asrlarda Aksum davlatining , keyin Efiopiyada mavjud boʻlgan boshqa davlatlarning tili hisoblangan. Mil. 1—2 ming yilliklar chegarasida soʻzlashuv tili sifatida isteʼmoldan chiqib (uning oʻrnini amxara tili egallagan), cherkovning ibodat tili tarzida 20-asr boshlarigacha saqlanib kelgan. Boshqa efiopsom tillariga qaraganda kushit tillari taʼsiriga kamroq uchragan, koʻplab arxaik belgilarni saqlab qolgan.
 
E.t. jan. arabiy konsonant alifbo asosida shakllangan boʻgʻinli yozuvdan foydalanadi (q. [[Efiop yozuvi]]). Aksum bitiklari (tosh va sopollarda va boshqalar) deb ataladigan ilk yodgorliklari 4-asrga mansub. 5-asrdan boshlab E.t.ga yunon, qibtiy (kopt), suryoniy, qadimiy yahudiy, arab tillaridan kitobiy oʻzlashmalar, kushit tillaridan esa soʻzlashuvga xos oʻzlashmalar kirib kelgan. E.t. boshqa efiopsom tillariga muayyan taʼsir oʻtkazgan; undan hoz.hozirgi ilmiy terminlarni yaratish manbai sifatida foydalaniladi.
 
{{stub}}